BMT Xavfsizlik Kengaşi Suriyadagi kimyoviy hujumlarni suriştiruvdan ötkaziş böyiça komissiya mandatini uzaytirmadi, deb xabar bermoqda "Xabar 24".
Xabarda aytilişiça, hujjatga Xavfsizlik Kengaşining 11 a'zosi ovoz bergan, jumladan uçta doimiy a'zo – AQŞ, Fransiya hamda Buyuk Britaniya. Rossiya va Boliviya esa qarşi ovoz bergan. Qozoğiston hamda Xitoy betaraf qoldi.
Qozoğistonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarovning ta'kidlaşiça, Ostona komissiya vakolatlari uzaytirilişi tarafdori, biroq avval 26 oktabrda taqdim etiladigan uning iş faoliyati böyiça hisobotni körib çiqişni mantiqan töğri, deb hisoblaydi.
Eslatib ötamiz, kimyoviy hujumlarni suriştiruvdan ötkaziş böyiça komissiya mandati 16 noyabr kuni tugaydi.












