2018 yildan boşlab Ostonadagi har bir yangi tuğilgan çaqaloq öz daraxtiga ega böladi, deya xabar bermoqda Krisha.kz.
2018 yilning yanvarida Ostona şahrida «Har bir yangi tuğilgan çaqaloqqa - daraxtdan» aksiyasi boşlanadi. Şu maqsadda poytaxtning yaşil hududidan tört va beş yillik kiçik köçatlarga ega joy ajratilgan. Ularni şaharning yangi fuqarolari parvarişlaydi.
Har bir bolaga uning ösimligi qayerda joylaşgani körsatilgan maxsus otkritka beriladi. Ekologik aksiyaning muvofiqlaştiruvçisi - Ostona şahri tabiat resurslarini boşqariş va undan foydalanişni tartibga soliş boşqarmasi. U şahardagi tuğruqxonalar bilan hamkorlik qiladi.
Şu tariqa, rasmiylar nafaqat daraxtlar sonini köpaytiriş, balki ostonaliklarni ekologik madaniyat va soğlom turmuş tarziga jalb qilişni ham xohlaşmoqda.












