Amazon onlayn-riteyleri asosçisi Jyeff Bezos sönggi yillarda dunyoning eng boy odami deb e'tirof etib kelinuvçi Microsoft asosçisi Bill Geytsni doğda qoldirib, dunyoning eng boy odamiga aylandi. Bu haqda Bloomberg va Forbes naşrlari xabar bermoqda.
Amazon aksiyalari 13 foizga qimmatlagandan keyin Bezosning davlati bir kun içida 10 mlrd dollarga köpaydi. Bu esa kompaniya çoraklik hisobotni çop etgandan keyin yuz berdi. Kompaniya erişgan körsatkiçlar tahlilçilar kutayotganlardan yuqori bölgan.
Bloomberg ma'lumotlariga köra, biznesmenning boyligi 93,8 mlrd dollarga yetgan. Forbes talqiniça, bu qiymat 93,1 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.
Bezos iyulda ham bir fursatga dunyoning eng boy odamiga aylangandi, biroq bir neça soat ötib Geyts yana undan özib ketgandi.
Avgust oyida Geyts 2000 yildan keyingi eng katta xayr-ehsonni amalga oşirgandi. U bu maqsadda 4,6 mlrd dollaridan voz keçgan.








