Koreya yarimorolidagi uruşning ilk kunlari yadroviy qurol qöllanmagan taqdirda ham yuz minglab odamlar halok bölişi mumkin, deb xabar bermoqda mutaxassislarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi. 

AQŞ kongressining tadqiqot xizmati ma'lumotlariga köra, agar Şimoliy Koreya an'anaviy qurollardan foydalanganda ham janglarning birinçi kunlari halok bölganlar soni 30 mingdan 300 minggaçani taşkil qiladi".  

Şimoliy Koreya çegarada katta miqdorda artilleriya joylaştirgani evaziga "minutiga 10 mingta snaryad otişga qodir".  

"Şimoliy Koreya özining yadroviy, biologik yoki kimyoviy qurolini qöllaydigan uzoq keçuvçi uruş ulkan sondagi qurbonlarga olib keladi hamda Yaponiya va AQŞ hududini qamrab oladi", deyilgan hisobotda.

Voqealarning bunday rivoji AQŞ qurolli kuçlarining Koreya yarimorolida katta kuçlarni safarbar qilişiga va harbiylar orasida katta yöqotişlarga olib kelişi mumkin. Bundan taşqari, ziddiyat kattalaşib, unga Xitoy, Yaponiya va Rossiya ham tortilişi mumkin.