Rossiyaning davlat statistika idorasi - Rosstat Rossiya hukumati majburlaş, aldov yoki pul tölaş orqali Ukrainaga qarşi uruşga jalb qilgan 11 335 nafar çet ellikning ölimini qayd etgan.
Gap Rossiya hududidan taşqarida tuğilgan yoki boşqa davlat fuqaroligiga ega bölgan şaxslar haqida ketmoqda. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi 11-noyabr, çorşanba kuni xabar berdi.
Maʼlumotlar Rosstatning 11 milliondan ortiq ölim qaydlarini öz içiga olgan bazasidan olingan. Unda vafot etganlarning fuqaroligi, tuğilgan joyi va ölim holatlari haqidagi qöşimça maʼlumotlar ham mavjud.
Uşbu maʼlumotlar bazasini belaruslik «Kiberpartizany» hakerlari va Ukrainaning Silent Crow hakerlik guruhi qölga kiritgan. Keyinçalik ular materiallarni jurnalistlarga taqdim etgan.
Ölim holatlarining harbiy harakatlar bilan boğliqligi hujjatlarda körsatilgan tafsilotlar asosida aniqlangan.
Hujjatlarda «maxsus harbiy operatsiya», «öqqa tutişlar», «uçuvçisiz uçiş apparatlari» kabi iboralar, şuningdek, maxsus kodlar uçragan.
Hisob-kitobga 2022-yil 24-fevraldan 2026-yil avgust oyi oxirigaça bölgan davrdagi qaydlar kiritilgan.
Rossiya armiyasi çet elliklar bilan qanday töldirilmoqda?
Rossiya armiyasiga jalb qilingan çet elliklarning salmoqli qismini sobiq Sovet Ittifoqi respublikalaridan çiqqanlar taşkil etadi.
Frontda fuqarolari eng köp halok bölayotgan mamlakatlar orasida Qozoğiston va Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari alohida ajralib turadi.
Halok bölganlarning yana taxminan 3700 nafari Ukraina fuqaroligiga ega bölgan yoki mamlakat mustaqillikka erişganidan keyin Ukraina hududida tuğilgan.
Manzillarga oid maʼlumotlar ularning aksariyati hozir Rossiya okkupatsiyasi ostida bölgan Ukrainaning şarqiy va janubiy hududlarida yaşaganini körsatmoqda.
Rossiyaning qurolli hujumi boşlanganidan keyin mamlakat kuç işlatar tuzilmalari özini özi eʼlon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») va «Luxansk xalq respublikasi» («LXR») hududlaridagi mahalliy erkaklarni köp hollarda majburan armiyaga jönatgan.














