- Xabarlarga köra, AQŞ va Isroil oraliq saylovlardan keyin Eronga yana zarba beriş böyiça aniq rejalar tuzgan. Eron javob zarbasida eskalatsiyani oşirişi mumkinmi, qanday nişonlar evaziga?

Kamoliddin Rabbimov: Birinçidan, 28-fevral kuni AQŞ va Isroil kutilmaganda, Eron bilan muzokaralar davom etayotgan bir paytda, mamlakatga kuçli zarbalar berdi. Natijada Eron oliy rahbari Ali Xominaiy, uning oila aʼzolarining katta qismi va mamlakat elitasining salmoqli qismi halok böldi. Buni noqonuniy öldiriş sifatida baholaş kerak. Çunki AQŞning öz qonunçiligi va xalqaro huquq nuqtayi nazaridan bunday harakatlarni oqlaydigan asoslar mavjud emas edi. Xususan, BMT Xavfsizlik Kengaşining Eron davlat rahbarini öldirişga yoki bunday harakatni oqlaşga ruxsat beruvçi rezolyutsiyasi ham bölmagan.

Şundan söng AQŞ va Isroil Eronga qarşi keng kölamli harbiy zarbalar berdi. Biroq Vaşington va Tel-Aviv öz oldiga qöygan maqsadlariga erişa olmadi. Keyin esa ular harbiy bosim, iqtisodiy sanksiyalar va boşqa gibrid usullar orqali öz maqsadlariga erişişga urindi. Yaʼni harbiy yöl bilan erişilmagan natijalarga iqtisodiy bosim orqali erişiş, sanksiyalar kutilgan samara bermagan taqdirda esa yana harbiy yoki boşqa vositalarni işga soliş harakatlari kuzatildi. Ammo bu urinişlar ham kutilgan natijani bermadi. Taxminan ikki hafta oldin Eron rasmiylari yangi ogohlantiriş bilan çiqdi.

Ularning taʼkidlaşiça, agar AQŞ yoki Isroil Eronga yana hujum qilsa, Tehron mintaqadagi Amerika manfaatlariga aloqador infratuzilma obyektlariga zarba berişi mumkin. Bular qatoriga maʼlumotlarni qayta işlaş markazlari - data-markazlar, serverlar, suvosti internet kabellari va AQŞning geostrategik manfaatlariga xizmat qiluvçi boşqa inşootlar kiradi. Eron tomoni uşbu obyektlarning joylaşuvi haqida yetarliça maʼlumotga ega ekanini bildirdi. Ayrim bayonotlarda bu infratuzilmalarning umumiy qiymati qariyb 2 trillion dollarga baholangan.

Albatta, bu raqamning qançalik asosli ekanini alohida tekşiriş kerak. Biroq Yaqin Şarqdagi köplab davlatlarda, jumladan, AQŞning arab davlatlari orasidagi ittifoqçilari hududida ham Amerika manfaatlariga aloqador muhim infratuzilma obyektlari mavjud. Eronning taʼkidlaşiça, Tehron şu paytgaça uşbu obyektlarga ataylab zarba bermagan. Bunga uruşning yanada avj olişiga yöl qöymaslik va boşqa harbiy nişonlarga eʼtibor qaratiş istagi sabab bölgan. Ammo AQŞ Eronga yana hujum qiladigan bölsa, Eron mazkur infratuzilma obyektlarini ham nişonga olişi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Şavkat Ikromov: Ayrim taxminlarga köra, Binyamin Netanyahuning maqsadi Isroilda bölib ötadigan saylovlardan bir-ikki hafta oldin uruş boşlaş va şu orqali jamoatçilik eʼtiborini boşqa tomonga buriş edi. Biroq bu masalada AQŞ bilan kelişuvga erişilmadi. Endilikda esa 3-noyabr kuni AQŞda bölib ötadigan oraliq saylovlar arafasida Eronga qarşi yangi harbiy harakatlar ehtimoli yana kun tartibiga çiqmoqda. Köplab tahlilçilar va kuzatuvçilarning fikriça, bu bayonotlar, avvalo, Eronga diplomatik bosim ötkaziş vositasi bölişi mumkin. Yaʼni Vaşington şu yöl bilan Tehronni qayta muzokaralarga qaytarişga va öz talablarini qabul qildirişga urinayotgan bölişi ehtimoldan xoli emas.