Iroq hukumati ta'siridagi harbiy kuçlar Suriya bilan çegara yaqinidagi IŞID qarorgohlaridan biri bölmiş Rava şahrini örab olgan. Bu haqda TASS agentligi Livanning «Al-Mayadin» telekanaliga asoslanib xabar tarqatdi.
Iroq armiyasi tomonida turib jang qilayotgan «Hizbulloh» harakati vakilining aytişiça, hozirda harbiylarning hujumga ötişiga hududda röy berayotgan qum böronlari tösqinlik qilmoqda. Yaqin 48 soat içida böron tinib, şturm boşlanişi kutilmoqda. Şahardan 10 km şimoldagi Al-Kaim şahrida ham 500 nafarga yaqin jangari himoyalanmoqda. Telekanal xabarida qayd etilişiça, Iroq harbiylari Rava olingaç, Al-Kaimga hujum qiladi.
Bundan avvalroq Başar Asad armiyasi Suriyadagi jangarilarning «eng ilğor» kuçlarini tor-mor qilgani haqida xabar berilgandi.












