Keniyaning amaldagi prezidenti Uxuru Keniata takroran ötkazilgan prezidentlik saylovlarida 98 foiz ovoz töplagan holda ğalaba qozondi. Bu haqda mahalliy saylov komissiyasiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligining ta'kidlaşiça, muxolifat nomzodi Raila Odinga saylovlarni "soxta" deb hisoblab, ularda iştirok etişdan boş tortgan. Bu esa Keniataning qolgan nomzodlardan ulkan farq bilan ğalaba qilişiga olib kelgan.
Keniyada dastlabki prezidentlik saylovlari avgust boşida bölib ötgan. Unda ham Keniata 54 foiz ovoz bilan yutgandi. Muxolifatçi Odinga ham unda iştirok etib, 44 foiz ovoz töplagandi.
Öşanda saylovlar natijalari e'lon qilingandan keyin mamlakatda bir neça odamning ölimiga olib kelgan noroziliklar boşlangan. Odinga saylov natijalari qalbakilaştirilganini aytgan.
Sentyabrda esa Keniya oliy sudi saylovlar mamlakat konstitutsiyasiga töliq muvofiq bölmagan holda ötkazilganiga qaror qilib, uning natijalarini bekor qilib, yangisining ötkazilişi haqida hukm çiqargan.












