2017 yil sentabr oyi oxirida Florida ştatida Microsoft Ignite anjumani bölib ötganda Microsoft’ning Edge brauzeri bilan noqulay vaziyat yuzga keldi. Gap şundaki, anjumandagi çiqişlardan birida Microsoft xodimi öz nutqini bölib, Google Chrome brauzerini örnatişiga töğri kelgan, çunki standart Microsoft Edge osilib işlagan. Bundan anjumanning YouTube-kanalida joylaştirilgan video guvohlik beradi.

Voqea kompaniya xodimi foydalanuvçilar dasturlari va ma'lumotlarini Microsoft Azure bulutli xizmatiga qanday ötkazişlari mumkinligi haqida sözlayotganda yuz bergan. Xodim bulutli xizmatning demo-versiyasini Edge brauzeri yordamida körsatayotganda brauzer vaqti-vaqti bilan osila boşlagan. Oxir-oqibat bundan "töygan" xodim Google’ning Chrome brauzerini yuklab oliş uçun biroz tanaffus qilişini aytgan. Bu esa anjuman iştirokçilari orasida kulgu kötarilişiga va olqişlarga sabab bölgan. Kompaniya xodimi raqobatçi kompaniya brauzerini örnatgaç, nutqini davom ettirgan.

Brauzerning örnatilişi jarayoni ham videoda aks etgan. Uşbu holat videoning 37:20 daqiqasidan boşlangan.   

"Biz Google’ga yaxşiroq bölişga yordam bermaymiz", deb "ğayrilik" qilgan Microsoft xodimi va dasturni örnatiş vaqtida "Foydalaniş statistikasi va nosozliklar haqida hisobotlarni avtomatik yuboriş orqali Google’ga yaxşiroq bölişga yordam beriş" bandiga qöyilgan belgini olib taşlagan.