Microsoft korporatsiyasi öz ilovalar dökonidan Google Chrome örnatuvçisini öçirdi. Şu bois Windows 10 S foydalanuvçilari uşbu brauzerdan foydalana olişmaydi. The Verge şu haqida xabar berdi. 

Korporatsiyada buning aniq sababi keltirilmadi, faqat ilova "noyob va boşqalardan farqli" bölişi kerakligi ta'kidlandi. "Biz Microsoft Store'dan Google Chrome Installer'ni öçirdik, zero ilova bizning dökonimiz siyosatiga ziddir", deyiladi korporatsiyada. Google vakillari esa vaziyatga izoh berişdan boş tortişdi.

Ta'kidlaş joizki, Chrome örnatuvçisi bölgan ilova şunçaki standart brauzerda oçiluvçi yuklab oliş havolasi bölgan.

May oyida Microsoft yangi Windows 10 S versiyasini namoyiş etgandi, u, xususan, Microsoft Surface Laptop noutbukida oldindan örnatilgan. Tizim qator çeklovlarga ega, ulardan biri - standart brauzerni almaştirişga taqiqlov. Bundan taşqari, yangi dasturlarni örnatişni faqat Microsoft Store ilovalar dökoni orqali amalga oşiriş mumkin.

Hatto foydalanuvçi istagan begona brauzerni yuklab olsa ham, elektron poçta va boşqa servislarga kelgan xatlarning barça havolalari standart Microsoft Edge'da oçiladi. Şu bilan birga, foydalanuvçilar qidiruv tizimini özgartira olişmaydi. Foydalanuvçi manzil satrida sörovni kiritişi bilan u avtomatik ravişda Bing qidiruv tizimiga qayta yöllanadi.