Maktab — nafaqat bolalar, balki ösmirlar uçun ham katta sinov. "Meduza" naşri Yevropa gimnaziyasi direktori Irina Bogantseva, bolalar psixologi Irina Katin-Yartseva va Ta'lim rivoji federal instituti direktori Aleksandr Asmolovning bolalarning qanday qilib maktabdagi fanlarga mehr qöyişi, barçasiga vaqt va kuç topişi, şu bilan birga, bola uyga vazifalarni uddalay olmayotgan bölsa, nima qiliş kerakligiga doir tavsiyalari bilan bölişdi.
Yodingizda bölsin, maktab — hayotdagi asosiy bosqiç emas!
Köpçilik maktab - inson hayotidagi eng muhim bosqiç, bolalar esa albatta yaxşi öqişi kerak, deb hisoblaşga örganib qolgan. Şu bois ba'zi ota-onalar bola holdan toygunça darslarini bajarişi kerakligini talab qilib, barçasi imkon qadar mukammal bölişi uçun bosim ötkazişadi. Aslida bajarilgan dasrlar - asosiysi emas: sizning bola bilan munosabatlaringiz, uning psixologik qulayligi va öqişga qiziqişi undan-da muhim. Boz ustiga, ota-onalarning aksariyati busiz ham toliqqan - köpinça işdan çarçab kelib, bola bilan dars qilişga ötirişning özi bölmaydi.
Şunday ekan, avval oxiriga yetkazilmagan uyga vazifa - bu fojia ham, halokat ham emasligini anglaş muhim (ota-ona ham, bola ham). Aks holda, siz özingizni yomon ota yo ona, farzandingiz esa - uni faqat baholari va natijalari uçun yaxşi köradigandek his qilasiz va bu insonning keyingi hayotiga ham xalaqit beradi.
Bolaga "uy vazifasi" oldidagi qörquvni yengib ötişga yordam bering
Dastlab uy vazifalarini bajarib ötirgan bola özini yöqotib qöyişi va unga qanday kirişişni bilmasligi mumkin. Bunday holatlarda ota-onalarning vazifasi - jarayonni taşkillaştirişga yordamlaşiş, nimadan boşlab nima bilan tugallaş kerakligini, javoblarni daftarlarga qanday yoziş kerakligini körsatib beriş. Nima uçun işlarni bunday tartibda bajariş kerakligiga izoh bering, barça xatti-harakatlar ketma-ketligini ovoz çiqarib tuşuntiring. Bola özlaştirib olgaç, unga bu qoidalarni öziga özi eslatib turişi lozimligini maslahat bering. Biroz vaqtdan keyin u adaşiş va qörqişni bas qiladi va unga ança oson böladi.
Özingizga özingiz nima uçun dars qiliş kerakligini tuşuntiring
Köp ota-onalar darslarni bajarişni odatga aylantirişga intilişadi, biroq aksariyat bolalar nima uçun biror narsani şunçaki şunday qiliş kerakligi uçun bajariş lozimligini tuşunişmaydi. Matematikani har kuni közda yoş bilan yeçadigan bolaga "şuni qilişing şart" deyiş oçiq va qiziquvçan insonni barça yangiliklarga şubha bilan qaraydigan yopiq va tund kişiga aylantiruvçi töğridan-töğri yöldir.

Bir tomondan, bola, albatta, hayotda har kuni bajariş kerak böladigan işlar borligi, ular foydali va zarur ekanini tuşunişi kerak. Boşqa tomondan, öqiş heç qaçon kör-körona yodlaşdan iborat bölmasligi kerak. Siz diktator, farzandingiz esa şerik bölmasligi kerak. Öylab köring, uni nima bilan qiziqtiriş mumkin. Bu öyinlar yoki dunyoni örganiş bilan boğliq "ijodiy loyihalar" bölişi mumkin - masalan, siz tarixga doir komikslar çizişingiz yoki tajriba ötkazişingiz mumkin. Eng yaxşisi, bolaning darslarga yod oliş kerak bölgan dalillar töplami emas, tadqiqot sifatida qaraşi.
Bolaga nima uçun öqiş kerakligi va uy vazifalarini bajariş zarurligini tuşuntiriş uçun avval özingiz ularning qanday tuzilişi, qanday qilib ularning yordamida dunyoni tadqiq qiliş va yangi bilimlarga ega böliş mumkinligi haqida tuşunçaga ega bölişingiz lozim. Bularni avval özingizga, keyin esa bolaga tuşuntira biliş kerak.
Bolani mustaqil qaror qabul qilişga örgating
Bolaga imkon qadar köproq mustaqillik berişga harakat qiling. Aks holda, birinçi sinfda u qaror qabul qilişni bilmasligi, çunki haddan taşqari kiçiklik qilişi mumkin, ikkinçi sinfda ham şunday, sakkizinçi sinfga borib esa u bu borada heç qanday tajribaga ega emasligi va buni mutlaqo bilmaydigan bölib çiqadi. Şu bilan birga, ota-ona öqituvçining örnini bosişi kerak emas - aks holda, bolalar uyda siz yaxşilab tuşuntirişingizga umid qilib, sinfda heç narsani tinglamay qöyişadi. Bu köpinça ota-ona e'tibori yetişmaydigan bolalarda kuzatiladi: ular uçun uy vazifasini birga tayyorlaş - ota yo ona bilan birga vaqt ötkaziş uçun bir sabab. Oxir-oqibat bola maktabdagi vaqtini behuda sarflaydi, ota-ona esa farzandi bilan muloqot qiliş örniga u bilan dars qiladi. Bu vaqtni öqiş bilan boğliq bölmagan maşğulotlarga (sayr, stol öyinlari, kinoga boriş va b.) sarflagan muhimroq.
Ba'zan uyga vazifalar juda köp böladi, ya'ni öqituvçi darsda köp narsani tuşuntirişga ulgurmaydi va köp uyga vazifa beradi va öquvçilar materialning katta qismini uyda özlaştirişlariga töğri keladi. Qoidaga köra, bolalar buning yeçimini tez topişadi: ular şunçaki ulgurmagan narsasini qilmaydi. Bolaga işoning va qaror qabul qilişni unga qoldiring - bolalar tanlovni amalga oşiriş va ustuvor vazifalarni belgilaşni örganişlari kerak: nimani yodlaş muhimroq, nimani esa keyinga qoldiriş yoki dars jarayonida aniqlaş mumkin. Agar bola tungaça dars ustida ötirganini yoki hatto keçki ovqat paytida ham darslik bilan ötirganini körsangiz, aralaşiş va vaqt borasida qat'iy çegaralar qöyişingizga töğri keladi. Darslar bolaning butun hayotini qamrab olişi kerak emas: u öyinlar öynaşga, yaxşilab uxlab olişga va şunçaki dam olişi kerak.
Ğazablanmaslikka harakat qiling!
Köpinça şunday böladiki, ota-onalar bolaga uyga vazifani tuşuntirişga harakat qiladi, biroq befoyda. Bola tuşunmaydi, ota-onaning jahli çiqadi, ziddiyat yuzaga keladi, bola xatolardan qörqa boşlaydi. Bunday paytlarda ota-onaga farzandi gapga quloq solmayotgandek yoki bölayotgan işlarga jiddiy munosabatda bölmayotgandek tuyuladi. Aslida esa bolaning ota-onani öqituvçi sifatida qabul qila olmasligi tabiiy holat. Ota-onalar bilan munosabatlar, qoidaga köra, hissiyotlarga boy böladi va bu hissiyotlar ta'limga ötib ketsa, bola qiyin holatda qoladi. Unutmang, bola bilan munosabatlaringiz dasrlardan muhimroq. Bolani ham, özingizni ham qiynamay, boşqaça yondaşuvlarni izlang - masalan, unga mavzuga doir videosaboqni körişni taklif qiling. Agar özingiz tuşuntirişning uddasidan çiqa olmasangiz, yaqinlaringizdan yordam sörang yoki bu işni öqituvçiga qoldiring.
Bolaning hayotiga qiziqiş bildiring, faqat baholariga emas
Deylik, hammasi yaxşi va bola darslarini uddalamoqda. Biroq bu u (yoki ular)ni unutiş uçun sabab emas! Uning nafaqat baholariga, balki kundalik hayotiga ham qiziqiş bildiring, unga qiziq bölgan predmetlar va mavzularni muhokama qiling, aks holda u özini e'tibordan çetda qolgandek his qiladi. Bolani nazorat qiliş emas, unga ğamxörlik qiliş - maktabdagi yangiliklarga qiziqiş bildiriş, uni tinglaş va qöllab-quvvatlaş muhim. Qisqa qilib aytganda, uning siz bilan hayoti umumiy ekanini, undan "muhimroq" işlar yöqligini körsatiş. Kattalarning hayotida iş qanday örin tutsa, maktab ham bolalar hayotida şunday örin tutadi. Şunday ekan, uy vazifalariga befarq qaraş, bolaning muvaffaqiyatlarini sezmaslik va ularni qadrlamaslik yaxşi emas.

Bolani yomon öqigani uçun jazolamang
Bajarilmagan uyga vazifa uçun jazo qöllaş - töğri yöl emas. Darslar nima uçun muhim ekanini xotirjam ötirib, misollar bilan tuşuntirişga harakat qiling. Bolada stress bölişiga yöl qöymang. Bolaning qiziqişlari va qobiliyatidan kelib çiqib, ustuvor vazifalarni belgilaşga harakat qiling. Xuşyor böling, bolani tinglang va unga nima kerakligini tuşunişga harakat qiling.
Muammoni çuqurlaştirmang
Bola öqişga qiynalayotganini körsangiz, gap nimada ekanini tuşunişga harakat qiling: u darsda öqituvçini yaxşi tinglamagani yoki bir dars qoldirgani uçun vazifani uddalay olmayotgan bölişi mumkin. Bolaning kuçli va zaif tomonlarini tuşunib, keyin unga ta'lim olişga kömak beriş lozim. Bunda pedagog-psixologlar yordam berişi mumkin. Bolaning umumiy holatini ham hisobga oliş kerak, albatta. Ehtimol, u nimadandir taşvişdadir. Bu öqiş jarayoniga - eslab qoliş, qiziqiş, diqqatni jamlaşga kuçli ta'sir qilişi mumkin.
Agar bola surunkali ravişda yomon öqisa, kayfiyatsiz bölsa, tengdoşlari bilan çiqişmay qolsa, maktabga borgisi kelmasa - bunga jiddiy sabablar bölişi tabiiy. Ehtimol, maktabda uni ajratib qöyişar va u özini yolğiz his iqlar. Bunday holatda sababni topiş muhim. Albatta, psixolog yordami kerak böladi, faqat uni uyaltirmang va tahdid qilmang. Köpçilikda bunday holat bölişini ayting va hayotda nimadir öxşamasa, bu oddiy hol ekanini tuşuntiring. U bilan yaqin ekaningizni namoyon qiling.












