Davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmati xodimi lavozimiga ilk marta tayinlanganlarning adliya organlarida stajirovkadan ötişi tartibi töğrisidagi nizomga muvofiq, ular stajirovkadan ötdilar, deb xabar berdi KUN.UZ’ga adliya vazirligi matbuot xizmati.

Mazkur Nizom talablaridan kelib çiqib Adliya vazirligida 2017 yil 16–27 oktabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi yuridik xizmati boş yuriskonsulti Murodjon Xayrullayev, Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofoza qiliş davlat qömitasi huzuridagi bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qiliş va ulardan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi yuridik xizmati boş yuriskonsulti Madina Mirvaqulova hamda «Özbekiston temir yöllari» AJ yuridik xizmati yuriskonsulti Azamat Ollaberganov stajirovka ötişgan.

Stajirovka davrida ular davlat boşqaruvi organlarida yuridik xizmat faoliyatini taşkil etiş va rivojlantiriş böyiça adliya organlari tomonidan olib borilayotgan işlar, norma ijodkorligi faoliyatini taşkil etişning huquqiy asoslari, normativ-huquqiy hujjatlarni turkumlaştiriş işlari, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş asoslari, da'vo va talabnoma işlarini yuritiş amaliyoti, şartnomalarning huquqiy ekspertizasini taşkil qiliş va ötkaziş, ularning tuzilişi va bajarilişiga oid munosabatlarda yuridik xizmatning örnini ta'minlaş masalalari bilan tanişdilar.

Stajirovka yakunida ularga kelgusi iş jarayonida soha faoliyatini tartibga solişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarga kiritiladigan özgarişlar bilan muntazam tanişib boriş va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalaniş böyiça tavsiyalar berildi.