Adliya vazirligi huquqiy axborotga, qonunçilikdagi yangiliklarga ehtiyoji bor, bunday yangiliklar bilan doimiy tanişib boriş istagida bölgan fuqarolarga murojaat qildi.
Adliya vazirlik bunday imkoniyatlarni telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali taqdim etadi va internet foydalanuvçilarini şu kanalga a'zo bölişga çaqiradi.
Kanalda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, Özbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasining amalga oşirilişi töğrisidagi hamda qonunçilikdagi boşqa yangiliklar, normativ-huquqiy hujjatlarga şarhlar, huquqiy infografikalar, aholiga qiziq bölgan huquqiy masalalar böyiça ma'lumotlar qisqa matnlarda berib boriladi.












