Hindistonda dunyodagi eng baland toğ avtomobil yöli qurildi. Uzunligi 86 km keladigan yangi yöl Jammu va Kaşmir ştatining Ladakx viloyatidagi Çisumle va Demçok aholi punktlarini boğlaydi. Yölning eng baland nuqtasi 5883 metr balandlikda joylaşgan, deb xabar bermoqda Hindiston NDTV telekanali. 

Yöl Xitoy bilan çegarada joylaşgan va strategik ahamiyatga ega. Ta'kidlanişiça, Demçokda harbiy lager joylaşgan. Telekanalning ma'lum qilişiça, yöl qurilişi oğir şaroitlarda: kislorod kam bölgan havo va sovuq haroratlarda olib borilgan. 

Hindiston Ladakxda faol ravişda temir yöl va avtomobil yöllarini quradi. Bu yöllar zarurat tuğilganda toğli hududlarga tezkorlik bilan qöşinlar va texnikani taşlaşga imkon beradi.