Bekobod tuman IIBga 1990 yilda tuğilgan Xoldor Ortiqov (keltirilgan ism-familiyalar özgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, öz arizasida noma'lum şaxs, yaxşi qulflanmaydigan orqa çap tomon oyna fortoçkasini oçiş yöli bilan, Bekobod tumani Zafar qörğoni markazida joylaşgan “Orom” töyxonasi oldida turgan öziga tegişli «Damas» rusumli davlat belgisi 10 D 992 YeA avtoulovi salonidan narxi taxminan 800.000 söm bölgan 1 dona “Pioneyer” rusumli magnitofonini öğirlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toşkent viloyati IIB xabar berdi.
Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Bekobod şahrida yaşovçi 1996 yilda tuğilgan Zayniddin Sadirov sodir etganligi aniqlanib, uşlandi.
Şuningdek, Zayniddin Sadirovning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilganda, 1991 yilda tuğilgan Salimjon Xudoyberdiyev, 1989 yilda tuğilgan Turdibek Mamadaliyev va 1990 yilda tuğilgan Zikrilla Mahmudovlarga tegişli «Damas» rusumli, 1996 yilda tuğilgan Qosimjon Jumayev, 1991 yilda tuğilgan Mohirbek Şoqosimov va 1974 yilda tuğilgan Zohir Şernazarovlarga tegişli «VAZ-2106» rusumli, 1993 yilda tuğilgan Asilbek Abduraxmonovga tegişli «Moskviç» rusumli avtoulovlari salonidan şu kabi ehtiyot qismlarini öğirlaganligi ma'lum bölgan.
Uşbu holatlar yuzasidan unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergovni IIB olib bormoqda.











