Vaqti kelganda turli vitaminlarga ko‘p pul sarflaymiz, immunitetni mustahkamlash va umuman organizm faoliyatini yaxshilash yo‘lini izlaymiz. Biroq nima uchun odamlar tabiat in'om etgan ne'matlarga yetarlicha e'tibor qaratishmaydi? Asal - turli kasalliklarning oldini olish va davolash uchun xizmat qiluvchi ajoyib mahsulot. Bundan tashqari, bu shirinlikni diabetdan aziyat chekuvchilar ham iste'mol qilishi mumkin. "Hammasi oddiy!" nashri asal iste'molini boshlashingiz bilan organizmingizda yuz beruvchi 8 o‘zgarish haqida ma'lumot berdi. Faqat shuni unutmangki, asal toza bo‘lishi kerak, buning uchun uni asalarichilik bilan shug‘ullanuvchilarning o‘zidan sotib olgan ma'qul.
Asalning organizmga foydasi

Toza teri
Asal — kuchli antioksidant. U terida turli toshmalar toshishi va uning erta qarishiga sabab bo‘luvchi zaharli moddalarni organizmdan olib chiqadi. Asalni iste'mol qilish bilan birga, undan niqoblar yasash ham mumkin. Asalli niqoblardan yuz terisi mayin va tekis bo‘ladi.
Ozish
Ma'lumki, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish jarayonida shirinlik iste'moli taqiqlanadi. Biroq asal iste'moli nafaqat ruxsat berilgan, balki tavsiya ham etilgan. U metabolizmni yaxshilaydi, natijada esa ortiqcha kilogrammlardan tezroq xalos bo‘linadi.
Xolesterin miqdori normallashuvi
Shunisi qiziqki, asalning o‘zida xolesterin yo‘q. Biroq u organizmda xolesterin miqdorining kamayishiga turtki beruvchi mikroelementlarga ega. Yuqorida qayd etilganidek, asalning kundalik iste'moli organizmdagi antioksidant birikmalar darajasiga ijobiy ta'sir qiladi, ular esa o‘z o‘rnida, yuqori miqdordagi xolesteringa qarshi kurashadi.
Sog‘lom bo‘g‘imlar

Asalni har kuni iste'mol qilish yosh o‘tgan sayin deyarli hammada namoyon bo‘luvchi yurak-qon tomir kasalliklarini bartaraf etadi. Shifokorlar tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, asal tarkibidagi antioksidantlar arteriyalar torayishi va tromblar hosil bo‘lishining oldini oladi.
Yaxshi xotira


















