4 noyabr kuni Toşkent şahrida Mustaqil davlat hamdöstligi Elektr energetika Kengaşining 51-yiğilişi bölib ötgani haqida xabar berilgandi. Unga köra kun tartibidan örin olgan 14ta masala muhokama qilinib, uçraşuv söngida bir qator hujjat loyihalar imzolandi.

Majlisda nutq sözlagan Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri, MDH Elektr energetika Kengaşining prezidenti Aleksandr Novak yiğiliş iştirokçilariga samarali iş faoliyatini tilab, 25 yilda ilk marta Toşkent şahrida ötkazilayotgan tadbirga omad tiladi. Şuningdek, unda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Alişer Sultonov ham iştirok etdi.

Alişer Sultonov va Holid al-Falih / Foto: Kun.uz

Tadbir işçi kunining birinçi yarimida MDHga a'zo davlatlarning energetika tizimini 2017-2018 yillar kuz-qiş mavsumida barqaror işlaşini ta'minlaş töğrisida ma'ruzalar tinglandi. Aleksandr Novakning aytişiça, MDH doirasida barça a'zo davlat öz majburiyatini tölaqonli bajarmoqda.

«Ayrim fors-major holatlarni hisobga olmasak, sanoat, aholi iste'moli va boşqa maqsadlardagi sarf uçun energiya işlab çiqariş böyiça harakatlar rejadagidek davome etmoqda», deydi u.

Yiğiliş davomida a'zo davlatlar energetika soha rahbarlari tarmoq xodimlari bilan işlaş, elektroenergetika sohasida kadrlarni yetiştiriş masalasiga ham töxtalib ötdi. Joriy yil 7 aprelda qabul qilingan MDH elekrtenergetika sohasida kadrlarni tayyorlaş rejasi keng muhokama etildi.

Şuningdek, uçraşuvda

- Mehnat muhofazasi hamda uskunalarning işga yaroqliligi böyiça tuzilgan Işçi guruh tomonidan taqdim etilgan hujjatlar;

- MDH doirasida elektroenergetika sohasining normativ-texnik bazasini yangilaş va muvofiqlaştiriş böyiça tuzilgan Işçi guruh taqdim etgan hujjatlar;

- MDH doirasida elektroenergetikaning metrologik xizmat ta'minoti böyiça tuzilgan Işçi guruh taqdim etgan hujjatlar;

- Qayta tiklanuvçi va energosamarador quvvat manbayini örganiş böyiça tuzilgan Işçi guruh taqdim etgan hujjatlar;

- Kengaş huzurida iş boşlagan Atrof-muhitni himoya qiliş böyiça tuzilgan Işçi guruhning xulosasi;

- Favqulodda holatlar yuz berganda, jumladan elektroenergetika sohasida uçraydigan inqirozlarni bartaraf etiş maqsadida a'zo davlatlarning özaro kelişuvi;

- MDH a'zo davlatlari orasida umumiy elektroenergiya bozorini taşkil qiliş masalalari muhokamadan ötdi.

Yiğilişda mehmon sifatida iştirok etgan Saudiya Arabistoni qirolligining energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Holid al-Falih rossiyalik hamkasbi Aleksandr Novak, Özbekiston Boş vaziri örinbosari Alişer Sultonov hamda Qozoğiston Energetika vaziri iştirokida tor doiradagi yiğilişda iştirok etdi. Yopiq tartibda ötgan yiğilişdan söng, vazir Holid al-Falih Kun.uz muxbiriga quyidagilarni ma'lum qildi:

Foto: Kun.uz

"Butun dunyoda energiya manbalariga bölgan ehtiyoj oşib borarkan, Osiyoda aniqlangan manbalar birlamçi zaruriyatga aylanişi sir emas. Mintaqa nafaqat neft va gaz sohasida, balki özaro integratsiyallaşuvni rivojlantiriş orqali energetika sohasida ham peşqadam böla oladi. Neft bozorida yuz berayotgan global özgarişlarga baho bergan holda, kelgusi strategiya yöllari muhokama etildi. Ötgan yili noyabr oyida imzolangan şartnoma bandlarida körsatilgan talablarni bajariş yuzasidan monitoring amalga oşirildi. Saudiya Arabistoni va Rossiya Federatsiyasi energetika vazirlari özlarining texnik xulosalarini keltirib ötdilar. Biz oldimizga qöygan marralarni hali oşib ötmadik, qilinişi zarur bölgan işlar köp", deydi u.

Saudiyalik vazir öz bayonoti davomida 29 noyabr kuni Vena iş boşlaşi kutilayotgan OPeK+ vazirlar qömitasining navbatdagi yiğilişida aynan boşlangan işlar yakuniga yetişi, erişilgan natijalari elon qilişiga şa'ma qildi.