Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab koalitsiyasi qömondonligi Ar-Riyodga qarata ballistik raketa uçirilganidan söng Yamanning barça havo hamda suv portlarini yopiş haqidagi qarorga keldi. Koalitsiyaning rasmiy bayonoti SPA agentligi tomonidan e'lon qilingan.

Koalitsiyaning ma'lum qilişiça, Eron Yamandagi isyonçi husiylarga 900 km. masofani uçib ötişi mumkin bölgan ballistik raketalarni kontrabanda yöli orqali yetkazib bergani aniqlangan. Şu bilan birga, şu tarzda BMT Xavfsizlik Kengaşining isyonçilarga qurol yetkazib beriş taqiqlangan rezolyutsiyasi buzilayotgani körsatilgan. 

«Koalitsiya qömondonligi Yamanning barça yer usti, havo va dengiz portlarini vaqtinçalik yopiş haqidagi qarorga keldi. Bu çoralar aholini insonparvarlik yuklari bilan ta'minlaş e'tiborga olingan holda köriladi», - deyiladi bayonotda.

Avvalroq Saudiya Arabistoni harbiylari Ar-Riyod yaqinida ballistik raketani urib tuşirişgani xabar berilgandi.