6 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi "Kompleks test markazi"ning oçilişi oldidan matbuot anjumanini ötkazdi. Tadbirda iştirok etgan KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi.

Matbuot anjumanida Kompleks test markazi taşkil etilişining maqsad va vazifalari, xorijga boriş istagida bölgan, şu jumladan Koreyada işlaş istagidagi fuqarolarni sinovdan ötkaziş va röyxatga olişning yangiça tartibi haqida söz bordi.

Ta'kidlaş joizki, Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi taşqi migratsiya böyiça hamkorlik masalalariga katta e'tibor qaratmoqda. Agentlik mazkur sohada Rossiya Federatsiyasi, Polşa, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlari bilan faol hamkorlikni yölga qöygan.

Şu bilan birga, Turkiya, Ummon sultonligi, BAA, Qozoğiston va boşqa köplab mamlakatlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş, özaro anglaşuv memorandumlarini imzolaşga doir keng kölamli işlar olib borilmoqda. Bundan taşqari, agentlik xorijda işlaş niyatidagi özbekistonliklar uçun mamlakatda zarur şart-şaroitlarni yaratişga ham alohida e'tibor qaratmoqda.

Agentlikning dastlab tört mintaqaviy bölimi faoliyat yuritgan bölsa, bugungi kunga kelib barça viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasida Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining filiallari oçildi.

Yaponiyaga yöl oluvçi fuqarolar uçun ketiş oldidan öqitiş va könikma hosil qiliş markazi faoliyat yurita boşladi. Endi Yaponiyaga işlaş uçun ketadigan fuqarolar uşbu markazda til örganib, tayyorgarlik körişadi. Markaz fuqarolarga boşlanğiç ta'lim beriş va yapon tili, madaniyati va qonunlarini örganişda yordam beradi.

Bundan taşqari, Agentlik tomonidan Sankt-Peterburg "Mehnat resurslari markazi" davlat avtonom muassasasi bilan hamkorlikda mehnat migrantlarini Rossiyaga ketiş oldidan tayyorlaş va jönatişga doir masalalar yuzasidan Samarqandda Markaz taşkil qiliş töğrisidagi Memorandum imzolandi. Mazkur markaz işga tuşgandan söng RFda işga joylaşiş istagida bölgan yurtdoşlarimizning öqitilişi, test sinovlari, tibbiy körikdan ötkazilişi va töliq hujjatlar töplami bilan Rossiyada işlaş maqsadida ruxsatnoma (patent) oliş uçun yuborilişi Markazning özida amalga oşiriladi. Hozirda Markazning oçilişini tezlaştiriş böyiça zarur sa'y-harakatlar amalga oşirilmoqda.