«Tribuna» Yevropa futboli uik-endini sarhisob qiladi.
Mourinoning navbatdagi mağlubiyati, «Yuventus»ning hasadgöy rahbariyati va «Real» kiyim almaştiriş xonasidagi muhim – hafta öyinlarining asosiy voqealari.
Mourinoning futboli jonga tegdi

Joze Mourino mavsumda ikkinçi marta töğridan-töğri raqibnikiga safar qildi. Ikkinçi safar ham quruq qaytdi. «Enfild»da portugaliyalik mutaxssis bir oçko olgandi – bu hozirgi vaziyatda yaxşi baholangandi. Ammo jamoa gol ura olmagandi ham. «Stemford Brij»da yakşanba kuni «Çelsi»ga qarşi öyinda ham gol bölmadi. Endi «Yunayted» mavsum startini qanday zör boşlagani unutildi. Mourino mavsum startidagi 7 turda yirik hisoblarda mağlub etgan jamoalar qaysi jamoalar bölganini kuzatamiz.
1-tur. «MYu» 4:0 «Vest Hem» (11 turdan keyin 18-örin)
2-tur. «Suonsi» (19-örin) 0:4 «MYu»
3-tur. «MYu» 2:0 «Lester» (12-örin)
4-tur. «Stok Siti» (14-örin) 2:2 «MYu»
5-tur. «MYu» 4:0 «Everton» (15-örin)
6-tur. «Sauthempton» (13-örin) 0:1 «MYu»
7-tur. «MYu» 4:0 «Kristall Pelas» (20-örin)
Autsayderlarning dodini beriş bilangina çempionlik poygasida qatnaşib bölmaydi. Kuçli jamoalarga qarşi öyin uçun yaxşiroq taktika öylab topiş vaqti kelgan. Mourino jamoasi ijrosidagi futbol – Yevropa futbolida klassika, ya'ni eskirgan. Jozening barça öyinlarga bir xilda yondaşuvi katta öyinlarda pand berib qöymoqda. Hatto «Tottenhem»ga qarşi keçgan va ğalaba bilan yakunlangan öyinda ham mankunianliklar nima qilişni bilmay qolişgandi. Bu nafaqat Jozening uslubi şunday ekanini, balki, u öz jamoasining hujumdagi salohiyatiga işonmayotganini ham anglatadi.
Joze – Pep Gvardiola qarama-qarşiligi. «Liverpul» va «Arsenal» birgalikda «Siti»dan 8ta gol ötkazdi. APLda Pep jamoasining hujumlariga doş bera olişi mumkin bölgan 3 jamoa qolmoqda – «Çelsi», «Tottenhem» va «MYu». «Arsenal» yakşanba kungi töqnaşuvda yutqazib, safdan çiqdi. Venger faqat hakamlardan şikoyat qiliş bilan band. Frantsuz mutaxassis jamoasi hakamlar xatolari tufayli yutqazganini aytmoqda, lekin hakamlar xato qilmaganida ham «kanonirlar» raqibdan kuçsiz edi.
Hasadgöy Marotta

«Yuventus» boş direktori Juzeppe Marotta turinliklarning «Benevento»ga qarşi ğalabali öyinidan keyin «keksa sinoralar»ning skudetto uçun kuraşdagi asosiy raqibi nomini aytdi. Uning fikriça, jamoaga çempionlik yölidagi asosiy muammo ayni vaqtda turnir jadvalida peşqadamlik qilayotgan, juda kuçli öyin namoyiş etayotgan «Napoli»dan emas, balki «Inter»dan keladi. Körinişidan, Turindagilarni uzoq vaqtlik yakkahukmronlikdan keyin Apenninda «Yuve»ni taxtdan ağdarişi mumkin bölgan jamoa paydo bölgani jahllantirmoqda. Neapoldagi uçinçi mavsumida Mauritsio Sarri asosiy muammoni hal qildi – jamoa himoyada ham yaxşi harakatlana boşladi. 12 turdan keyin «Napoli» «Yuventus»dan kamroq gol ötkazgan. Işoniş qiyin statistika. Qolaversa, Allegri jamoasidan farqli ravişda neapolliklar jamoasi barça asosiy raqiblar bilan öynab çiqdi – safarda «Latsio» (4:1) va «Roma» (1:0) bilan, uyda «Inter» (0:0). Amaldagi çempion esa bu jamoalardan faqat «Latsio»ga qarşi öyin ötkazdi va yutqazdi (1:2).
Bir kişi hamma uçun, hamma bir kişi uçun

Madridning «Real» klubi «Las-Palmas» darvozabonini 3 marta ranjitdi (ha, Kriştianu Ronaldu yana gol ura olmadi) va uçinçi öringa kötarildi. Öyindan keyin Madrid jamoasi futbolçilari barça bir-birini qöllaşini, jamoadagi muhit ajoyib ekanini aytdi. Masalan, Kazemiro Ronaldu va Benzema bir bölib «Real Sosedad»ning markaziy himoyaçisi Elustondodan köp gol ura olişmagani uni taşvişlantirmasligini aytdi. Marselo esa falsafiy yondaşib, Benzemaning xato ketgan zarbalari va tribunadan huştakbozliklar – futbolning bir qismi ekanini eslatdi. U bunga normal munosabatda. Serxio Ramos esa muxlislarga xitob qilib, Asensioni tinç qöyişni, unga san'atkorona öyin namoyiş etişida xalal bermaslikni söradi. Qiyin damlarda jamoa birdamlik körsatmoqda, içki muhit yaxşi. Demak muammo faqat Zidanning taktik xatolarida va buni tuzatiş mumkin.











