1 noyabr kuni Texasdagi baptistlar çerkovida 26 kişini otib taşlagan va yana 20dan ortiq kişini yaralagan Devin Kelli 2012 yilda ruhiy kasalliklar şifoxonasidan qoçgandi.
5 yil muqaddam Kellini hibsga olgan politsiyaçining ma'lumot berişiça, u öziga va atrofdagilarga xavf tuğdirgan.
Bir neça marta turmuş örtoği va farzandiga qilgan zöravonliklaridan keyin Kelli harbiy tribunal hukmi bilan da'volaniş uçun yöllangandi. U Nyu-Meksiko ştatidagi «Hollomen» aviabazasiga xizmatga kirib, 2 yildan keyin şunday jazo olgandi.
Politsiya hisobotida keltirilişiça, u öz boşliqlariga ham tahdid qilgan.
Rasmiylarning sözlariga köra, sudlangani tufayli Kelli öqotar qurolga ega bölişi mumkin emasdi.
El-Paso şahri politsiyasi uni 2012 yilning iyunida avtobus bekatida qölga olgandi.
Xabar qilinişiça, u El-Pasodan 160 km masofadagi Santa-Tereza klinikasiga joylaştirilgandi. U klinikadan yöqolib qolgaç, politsiyaga xabar berilgan.
Hisobotda aytilişiça, u aviabazadagi xizmat vaqtiga öziga öq uzişga harakat qilganida töxtatilgan va qölga olingandi.
U tribunalda öz rafiqasi va asrab olingan öğliga zöravonlik qilişda aybdor deb topilib, 12 oylik qamoqqa hukm qilingan.
FQB xodimlari Kellining telefonini blokdan yeçib, uning ommaviy qotillik qilişga sabablarini örganişga harakat qilişgan.
Houston Chronicle naşrida yozilişiça, qotil Sazerlend-Springsdagi çerkovga hujum qilişidan 5 kun oldin bu yerga farzandi bilan kelib, kuzgi festivalda iştirok etgan.
Kellining sobiq qaynonasining dugonasi hikoya qilişiça, öşa kuni uning oilasi bilan ekanidan hamma xursand bölgan.
Çerkovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylangan marosimga oid fotosuratlarda «Hellouin» liboslarini kiygan holda öynab yurgan bolalarni köriş mumkin. Ularning ba'zilari 5 kundan keyingi qirğin vaqtida halok bölişdi.
Hujumdan omon qolganlarning hikoya qilişiça, Kelli çerkov içida qatorlar oralab yurgan va yiğlayotgan bolalarga öq uzgan.

Guvohlardan biri Rozann Solis şunday hikoya qiladi: «450ta öqli vintovka bilan qurollangan erkak çerkovga kirib keldi. «Hammaga ölim!» deya baqirdi u. Barça piçirlab gapira boşladi: «Jim, jim. Axir bu u-ku». Hamma stullar ostiga kirdi, hamma qayergadir yaşirinişga harakat qilardi. Ammo u töxtamasdan öq uzardi».
Guvohlarning KSAT telekanaliga intervyuda eslaşiça, u jasadlar oralab yurarkan, tirik qolganlarni izlagan.
Rozann Solisning turmuş örtoği Xoakin Ramires pastorning 14 yoşli qizi Annabel Pomeroy baqirib yiğlayotganini körgan va unga imo qilib, jim bölişni söragan. Ammo qotil qizçani körgan zahoti öldirgan. U bolalarni yiği ovozi tufayli topib, öldiravergan.
Ramires va rafiqasi özini ölganga solgani uçun omon qolişgan. Ammo ular kiçik jarohatlar olişgan.

Şuningdek, 73 yoşli Farida Braun va uning öğli ham xunrezlikdan omon qolgan. Öğil KENS-TV telekanaliga intervyu berdi: «Bu odam yurgan yölida odamlarni öqqa tutdi. Şu vaqtda u bir ayolning röparasiga kelib töxtadi. U ayol onamga jovdiragança qaradi. Onam esa unga derdi: «Hammasi yaxşi böladi. Sen jannatga tuşasan. Sen jannatga tuşasan». Şundan söng u ölim oni yaqinligini sezdi va ibodat qilişga tutindi».
Şu vaqtda çerkovga qöşni binoda yaşaydigan Stiven Uilford kirib kelgan va u Kelliga qarata öq uza boşlagan. Kelli jarohat olgan va qoçişga tuşgan.
Uilford va yana bir kişi uni pikapda ta'qib etgan. Yölda ta'qib etilayotgan avtomobil boşqaruvni yöqotgan va tösiqqa borib urilgan.
Kellini maşina içidan jonsiz holda topişdi. Politsiya ma'lumotiga köra, u öz boşiga öq uzgan.












