Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Tambler-Rij şahrida 10 fevral kuni tuşdan keyin uyga, söngra maktabga qurolli hujum uyuştirildi. Sakkiz kişi halok böldi: maktabda 39 yoşli öqituvçi, 12-13 yoşli beş nafar öquvçi (uç qiz va ikki öğil), uyda esa 39 yoşli ayol va 11 yoşli öğil.
Yana 20 dan ortiq kişi turli darajada tan jarohati olgan. Ularning ayrimlari şifoxonada öta oğir ahvolda yotibdi.
Hujum qilgan ayol - 18 yoşli Jyessi Van Rutselaar özini otib öldirdi. Hujum paytida u uzun stvolli miltiq va töpponçadan foydalangan.
Politsiyaning ma’lum qilişiça, Van Rutselaar öz uyida onasi va tuğişgan akasini öldirgan. Ularni otib taşlagaç, özi avval öqigan maktabga borgan (4 yil oldin öqişni taşlagan). U yerga favqulodda çaqiruv böyiça politsiya yetib bordi va şundan söng hujumçi öz joniga qasd qildi.

Hodisaning ertasi kuni politsiya hujumçining şaxsi haqida batafsil ma’lumot berdi. Jyessi Van Rutselaar tuğilganda öğil bola sifatida qayd etilgan, ammo taxminan olti yil oldin u transgender ötişni boşlagan. Kundalik hayotda, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda u özini qiz deb taniştirgan. Huquq-tartibot idoralari vakillarining ta’kidlaşiça, ularda hozirça Van Rutselaarning jinsiy öziga xosligi hujum bilan boğliq deb hisoblaşga asos yöq.
Şuningdek, Van Rutselaar uyidagi voqealar tufayli politsiyaga bir neça bor qönğiroqlar bölgani ma’lum. «Ba’zi hollarda bu gumonlanuvçining ruhiy salomatligi bilan boğliq muammolar edi», degan ma’lumotdan boşqa tafsilotlar keltirilmagan. Uni psixiatriya tekşiruviga yuborişgan. Keyinroq, uydan qonuniy asosda saqlangan öqotar qurol olib qöyilgan, ammo keyin qaytarib berilgan.
Van Rutsellaar ilgari qurolga egalik qiliş litsenziyasiga ega bölgan, biroq uning muddati 2024 yilda tugagan. Uning nomiga heç qanday qurol röyxatga olinmagan. Hujum joyidan topilgan qurollar kimga tegişli ekani aniq emas.

Tergovçilar na ölim oldidan yozilgan xatni, na hujum sabablari haqida boşqa bevosita körsatmalarni topdi. Şuningdek, ular Van Rutselaarning maktabda transgender ötiş bilan boğliq zöravonlikka uçragani haqida heç qanday dalil topmadi. Politsiya ma’lumotlariga köra, u yolğiz harakat qilgan va katta ehtimol bilan hujum maqsadi aniq bir kişi bölmagan.













