Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) birinçi vitse-prezidenti Filipp Bennett boşçiligidagi delegatsiya mamlakatimizga taşrif buyurdi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinçi örinbosari S.Safoyev bilan uçraşuvda Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar mamlakatni har tomonlama rivojlantiriş, aholi turmuş farovonligini yuksaltirişga xizmat qilayotgani ta'kidlandi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Suma Çakrabarti örtasida şu yil mart oyida Toşkent şahrida bölib ötgan uçraşuv, şuningdek, Özbekiston hukumati bilan imzolangan Anglaşuv memorandumi doirasida erişilgan kelişuvlar qisqa muddatga möljallangan faoliyatining ustuvor yönalişlarini belgilaşda muhim omil bölayotgani qayd etildi. Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş uçun kredit mablağlarini ajratiş uşbu sohadagi hamkorlikda asosiy örin tutadi.

Tomonlar Harakatlar strategiyasini amalga oşirişdagi hamkorlik istiqbollari, xususiy sektorni qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş, investitsiyaviy muhitni yanada yaxşilaş, jumladan, fond birjasini modernizatsiya qiliş, qimmatli qoğozlar bozorini takomillaştiriş kabi qator masalalar yuzasidan fikr almaşdi.

Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki birinçi vitse-prezidenti Filip Bennett samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, Özbekistonda özaro manfaatli va istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş tarafdori ekanini ta'kidladi.

Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki delegatsiyasi qator vazirlik va idoralarda ham uçraşuvlar ötkazdi.