NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg kibertahdidlarga qarşi samarali kuraşiş maqsadida alyans qoşida kiberhududdagi operatsiyalarga javob beruvçi yangi markaz yaratilişini ma'lum qildi.

“Bugun NATO mudofaa vazirlari kiberhududdagi operatsiyalarga javob beruvçi yangi markaz yaratilişiga kelişib oldilar”, deb aytgan Stoltenberg.

Uning aytişiça, bu markaz kiberhududda himoyani kuçaytirişga va kiberxavfsizlikni NATOning rejalariga integratsiya qilişga yordam beradi.

“Biz kiberhududda quruqlik, havo va dengizdagidek samarali bölişimiz kerak”, deb aytgan NATO rahbari.

Avvalroq Stoltenberg NATO mudofaa vazirlari ikkita yangi qömondonlik yaratişga qaror qilişganini ma'lum qilgan.