10 noyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Ventsay Jang Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov bilan uçraşdi. Osiyo taraqqiyot banki veb-saytiga köra, Jang OTB hukumatning rivojlantiriş dasturini qöllab-quvvatlaşini ma'lum qildi va mamlakatning iqtisodiy istiqbollariga işonç bildirdi.

Özbekistonga taşrifi çoğida Jang boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov, moliya vaziri va Özbekiston Respublikasidan OTB Boşqaruvçisi Botir Xöjayev, şuningdek, boşqa yuqori lavozimli mulozimlar bilan uçraşdi hamda OTB amaliyotlari va Özbekiston bilan hamkorlikning kelajakdagi yönalişlarini muhokama qildi.

«Men hukumatning iqtisodiyotni liberallaştiriş va infratuzilmani rivojlantiriş borasidagi qat'iyatidan juda mamnunman», - dedi Jang. «OTB Özbekiston tarixidagi uşbu muhim bosqiçda Özbekiston xalqining farovonligini ta'minlaş uçun hukumat va boşqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni kengaytirişga umid qiladi».

Jangning ta'kidlaşiça, OTB yaqinda Özbekiston uçun 2018-2020 yillarga mamlakatda amaliyotlar böyiça biznes-rejani tasdiqladi. U hukumatning strategiyasini töliq qöllab-quvvatlaydi va Özbekistonni rivojlantirişning yangilangan ustuvor jihatlarini aks ettiradi. OTB kreditlaş sohasi, energetika, transport va şahar rivojlanişi sektorlarida infratuzilma taraqqiyotini kuçaytiriş uçun salohiyatni rivojlantiriş hamda bilimlarni kengaytiriş, davlat xizmatlari sifatini yaxşilaş, şuningdek, kiçik va örta korxonalar hamda agrobiznesni moliyalaştirişga kengroq imkoniyat yaratiş böyiça yordam berişga tayyor. Biznes-reja 2018-2020 yillarga möljallangan, 2,9 mlrd. AQŞ dollarilik investitsiya loyihalari portfelini öz içiga oladi. OTB davlat sektoriga kömak körsatişdan taşqari, xususiy sektor va davlat-xususiy şerikligiga töğridan-töğri sarmoyalar imkoniyatini ham körib çiqadi.

Taşrif çoğida Jang iştirokida «Pop-Namangan-Andijon» temir yölini elektrlaştiriş loyihasi böyiça 80 mln. AQŞ dollarilik zayom kelişuvi imzolandi. Loyiha doirasida Farğona vodiysining asosiy şaharlarini poytaxt bilan boğlaydigan elektrlaştirilmagan temir yöllarning 145,1 kilometri elektrlaştiriladi. Bu yuk va yölovçi poyezdlarning töğridan-töğri hamda samarali harakatlanişiga, şuningdek, Farğona vodiysining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişiga kömaklaşadi.

Jang OTB qöllab-quvvatlovi bilan amalga oşirilayotgan loyihalarni borib kördi, hamda Urganç şahrida mahalliy ma'muriyat vakillari va loyihalar benefitsiarlari bilan uçraşdi. Ular orasida OTB va Özbekiston hukumati tomonidan tijorat banklari orqali kiçik biznesni rivojlantiriş böyiça loyihalar doirasida moliyalaştirilayotgan kiçik korxonalar ham bölgan. Şuningdek, u Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy yordami bilan yaxşilangan suv ta'minoti va sanitariya obektlariga taşrif buyurdi.

Özbekiston Osiyo taraqqiyot bankiga1995 yilda kirganidan beri umumiy miqdori 6,3 milliard AQŞ dollariga teng 65 ta kredit oldi. Jumladan, 225 million dollarlik xususiy sektorni rivojlantiriş uçun ikkita kredit, 6 million dollar - aksiyadorlik kapitaliga investitsiyalar körinişida, 200 million dollar - kafolatlar körinişida va 65,6 million dollar - texnik kömak uçun grantlar körinişida.