Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqandga taşrifi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuv avvalida OTB rahbari Özbekiston yetakçisiga bank Boşqaruvçilar kengaşining 59-yillik yiğilişi Özbekistonda ötkazilişini qöllab-quvvatlagani va körsatgan kömagi uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Özbekiston va Osiyo taraqqiyot banki örtasidagi keng kölamli özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Hamkorlikni yuksak darajaga kötarişga erişilgani çuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. Ötgan 30 yilda OTB Özbekistonning haqiqiy strategik şerigiga aylandi.

Loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarni taşkil etmoqda, amaliyotlar hajmi böyiça Özbekiston bankning mintaqadagi eng yirik hamkorlaridan biriga aylandi.

Temir va avtomobil yöllari, energetika va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qiliş, suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini yangilaş, qişloq xöjaligi va xususiy sektorni rivojlantiriş hamda boşqa yönalişlar böyiça muhim loyihalar amalga oşirildi va davom etmoqda.

Özbekiston prezidenti va bank rahbari sammit doirasida imzolangan OTB bilan şeriklik böyiça 2030 yilga qadar bölgan davrga möljallangan yangi dasturga kiritilgan umumiy qiymati 12,5 milliard dollarlik loyihalarni öz vaqtida va samarali amalga oşiriş muhimligini ta’kidladi.

Ipoteka bozori, xususiy sektor, yoşlar va ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, kambağallikni qisqartiriş, inklyuziv ta’lim va inson kapitalini rivojlantiriş borasidagi islohotlarni ilgari suriş, raqamli innovatsiyalarni joriy etiş va maxsus iqtisodiy zonalarda infratuzilmani modernizatsiya qiliş kabi sohalarda hamkorlikda işlaşga kelişib olindi.

Markaziy Osiyo mintaqasida yirik infratuzilmaviy loyihalarni, şu jumladan, bankning mablağlarni safarbar etişdagi yetakçiligini kuçaytiriş orqali ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.