Xitoydagi eng yirik elektron savdo platformasi hisoblangan Alibaba'ning 11 noyabr, Böydoqlar kunidagi sotuvlar hajmi 168,3 milliard yuan (25,4 milliard dollar)ga yetdi. Ta'kidlaş joizki, bu kuni butun mamlakat böylab keng kölamli çegirmali sotuvlar amalga oşiriladi. "Sinxua" şu haqidagi xabari bilan bölişdi.

24 soat içida taxminan 812 million buyurtma qabul qilindi, bu ötgan yilgi körsatkiçlardan 23 foizga köp degani. Buyurtmalarning 10 millionga yaqini ilk tört soat içida qayd qilingan. Alibaba orqali ommaviy çegirmali sotuvlarda dunyoning 206 mamlakatidan 140 ming xorijiy brend iştirok etdi.

Ta'kidlaş joizki, Alibaba 2009 yildan boşlab Xitoyda Böydoqlar kuni ommaviy çegirmali sotuvlar ğoyasini ilgari surib keladi. Öşandan beri 11 noyabr nafaqat internet-dökonlarda, balki butun mamlakatning savdo markazlarida an'anaviy çegirmalar kuniga aylandi. 

Şanxayda deyarli barça yirik savdo nuqtalari şopogoliklar uçun haqiqiy topilmaga aylandi, köplab dökonlarda uzundan uzoq navbatlar kuzatildi, avtomobil yöllari va avtoturargohlarda esa katta tirbandliklar yuzaga keldi.