Xitoyning Alibaba kompaniyasi arxi $450 dan boşlanadigan Qwen asosidagi ikkinçi avlod «aqlli» közoynagini taqdim etdi, deb yozdi Bloomberg.
Qurilmaning jami ikkita - N1 va N1 Pro versiyasi mavjud. Ikkinçisi qöşimça ravişda nigohni kuzatiş tizimi bilan jihozlangan bölib, közoynak foydalanuvçi qaysi obyektga qarayotganini aniqlay oladi, uni sunʼiy intellekt yordamida taniydi va u haqida maʼlumot beradi.
N1 Pro, şuningdek, közning rangdor pardasi orqali tasdiqlanadigan tölovlarni qöllab-quvvatlaydi hamda salomatlik körsatkiçlarini, jumladan, puls, qondagi kislorod darajasi va teri haroratini kuzatib boradi.
Kompaniyaning taʼkidlaşiça, kutiş rejimida közoynak bir quvvat bilan 25 soatgaça, musiqa tinglanganda esa töqqiz soatgaça işlaşi mumkin. Közoynak bandlaridagi akkumulyatorlar esa almaştiriladigan qilib işlangan.
Boşlanğiç N1 versiyasining narxi - $450, N1 Pro esa - $523. Xitoyda közoynaklar allaqaçon sotuvga çiqarilgan, qurilma boşqa mintaqalarda qaçon paydo bölişi esa nomaʼlum.












