Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida ötkazilgan boks böyiça Gubernator kubogi turnirida Özbekiston terma jamoasining uç nafar boksçisi iştirok etişdi. Ulardan ikki nafari oltin medalga ega çiqdi, uçinçisi kumuş medal oldi.

60 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Şunqor Abdurasulov finalda mezbonlar vakili Ruslan Batmanovga qarşi ringga çiqdi. U raqibga heç qanday imkon qoldirmadi va Özbekiston hisobiga oltin medal keltirdi.

75 kg vazn toifasida iştirok etgan Isroil Madrimov esa rossiyalik Yakub Zuber bilan jang qilib, uni katta ustunlik bilan mağlub etdi va terma jamoa hisobiga ikkinçi oltin medalni olib keldi.

Bundan taşqari Isroil Madrimov musobaqaning eng yaxşi boksçisi deya e'tirof etildi va unga gubernator Georgiy Poltavçenkoning özi kubok topşirdi.

Özbekistonning finaldagi uçinçi vakili Sanjar Tursunov esa kumuş medal bilan kifoyalanişga majbur böldi. U mezbonlar vakili Magomed-Murad Arslanbekovga yutqazdi.

Şu tariqa, Özbekiston terma jamoasining barça vakillari sovrindor böldi va terma jamoa eng yaxşi natijani körsatdi.