Ijtimoiy tarmoqlarda Islandiyaning suratlariga közingiz köp tuşayotgan bölsa, buning ajablanarli joyi yöq. Bu orol mamlakat hozirda sayyohlar orasida maşhurlik çöqqisida.
Vulqon sahrolari va qaynoq manbalardan to muzliklar va qora sohillargaça, Islandiya — ajib gözallikka ega mamlakat va hordiq çiqariş uçun ayni muddao. Şunday bölsa-da, u yerga sayohatni rejalaştirayotib, ba'zi jihatlarni inobatga oliş kerak. Business Insider muxbiri Sofi-Kler Xoller "muzliklar mamlakati"ga sayohatiga oid taassurotlari bilan bölişdi.
Yeguliklar juda qimmat

Nyu-Yorkda bölgan bölsangiz, "qimmat yeguliklar haqida hamma narsani bilaman" deb öylaşingiz mumkin. Biroq bunday emas.
Islandiyada bölganimizda birinçi kuni körinişidan oddiy bir qahvaxonaga kirdik va u yerda bir tomçi sariyoğ, mitti porsiyadagi losos va salat bargidan tayyorlangan beygl uçun 18 dollar sarfladik. Bu Islandiyada tabiiy holat: bu yerda tuşlikning öziga örtaça 30 dollar sarflaşga töğri keladi. Xizmat körsatiş darajasi nisbatan yuqori bölgan restoranlarda esa bu körsatkiç 55 dollardan boşlanadi.
Suvning hidi kuçli
Islandiyada suvdan oltingugurt hidi keladi (tasavvur qilib köring, yaroqlilik muddati ötgan tuxum hidi qanday böladi). Şunday bölişiga qaramay, u içiş uçun yaroqli va ta'mi ham oddiy suvdek.
Biroq bizni heç kim bundan ogohlantirmagani sabab, mehmonxonadagi birinçi kunimizni taşnalikda ötkazişga majbur böldik.
AQŞga kelib qolgandek taassurot paydo bölişi mumkin

Bu yerda amerikaliklar şu qadar köpki, ba'zan qaysi mamlakatda ekanligingizni unutib qöyasiz. Islandiyada atigi 332 ming kişi yaşaydi, lekin bu yerga yiliga 1,8 million sayyoh taşrif buyuradi. Şu ma'lumotlarni inobatga olgan holda, Islandiya turizmi tadqiqot markazi professori Ed¬vard Xeyb¬bensning aytişiça, bu yerga bir yil davomida taşrif buyuruvçi amerikalik sayyohlar soni mahalliy aholi sonini ortda qoldiradi.
Hamma yerda olomon

Sayyohlar Islandiyaga tabiat mö'jizalarini öz közlari bilan köriş uçun taşrif buyurişadi. Bu degani barça bir xil joylarni körişga intiladi. Demak, qaysi geyzerga yöl olmang, u yerda sayyohlarga töla bir neça avtobusga közingiz tuşadi.
Hamma yerda qurilişlar

Bir kvadrat kilometrga quriliş kranlarining soni hayratga soladi. Aftidan, turistik qiziqiş sabab mamlakatda qurilişlar avjiga çiqqan körinadi. Deyarli har bir gözal maskan uçun katta sayyohlik markazlari qurilmoqda, kranlarni esa Reykyavikning har bir burçagida uçratiş mumkin.
Qisqa muddatli yoruğlik sayohatni yaxşilab rejalaştirişni talab qiladi

Biz Reykyavikka 6:30da yetib bordik va kun kamida uç soatdan keyin yorişişi, keçki soat beşlarda esa quyoş botişini bilib hayratga tuşdik. Va bu faqat noyabrning boşlanişi.
Albatta, yozda quyoşga boğliq muammo bölmaydi, biroq qişda kun tobora qisqarib boradi, şuning uçun siz kun tartibingizni yaxşilab rejalaştirişingiz kerak böladi. Islandiyada diqqatga sazovor maskanlar talaygina, ammo köp punktlar bir-biridan kamida 45 daqiqalik masofada joylaşgan, buni inobatga olib qöyiş kerak.
Obidalarning ayni körkam manzara kasb etadigan vaqtiga ulguriş uçun kunning turli vaqtlarida quyoşning joylaşuviga alohida e'tibor qaratiş kerak böladi.
Bu yerda hojatxona kam va ularning deyarli bari - pulli

Yuqorida ta'kidlangandek, Islandiyaning aksariyat diqqatga sazovor maskanlari bir-biridan katta masofada joylaşgan. Hojatxonalar esa juda kam va ularning deyarli barçasi pulli. Şunday ekan, yölga otlanişdan avval bu jihatini inobatga oling.
Köp vaqtingizni maşinada ötkazasiz

Buning sababi ham yuqorida qayd etilganidek - körkam joylar bir-biridan uzoqda. Şuning uçun aksariyat vaqtingizni maşina yoki avtobusda ötkazişingizga töğri keladi. Bu şunga arziydi va bunga tayyor böliş kerak.
Issiq suv manbalaridagi suvdan soçlaringizga ziyon yetadi
Termal manbalardagi suv kremniy dioksidiga boy. U bezarar, biroq bu soçlaringizga yoqmasligi aniq. Şu bois çömiliş oldidan soçlaringizga konditsioner kerak böladi, aks holda, soçlar qattiq va "böysunmas" bölib qoladi.
Bu yerda naqd pulga hojat yöq

Islandiyada kredit kartalari hamma joyda qabul qilinadi. Hatto Tingvidlir milliy parkidagi hojatxonada ham karta bilan hisoblaşdik. Biz island kronasini biror marta körmadik.
Şimoliy yoğduni körişingiz amri mahol

Şimoliy yoğdu — misli körilmagan fenomen va uning paydo bölişi uçun köplab omillar kerak böladi. Uni öz közingiz bilan körişingiz uçun bu yerda heç bölmaganda bir hafta bölişingizga töğri keladi.
Ob-havoni oldindan bilib bölmaydi

"Ob-havo yoqmayaptimi, beş daqiqa kutib turing", - deyişadi Islandiyada. Bir neça qavat kiyinib olişingizni tavsiya qilamiz, çunki bu yerda jazirama bilan keskin soviş örtasida atigi bir neça soniya bor.
"Moviy körfaz"dagi joylarni oldindan band qiliş kerak
Moviy körfaz — Islandiyaning deyarli har bir sayyoh taşrif buyuruvçi eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri. Şu bois u yerga şunday borib osonlikça kirişga umid qilmang, yaxşisi oldindan çipta xarid qiling.
Çipta narxlari 60 dollardan boşlanadi va bu soçiqlarni hisobga olmaganda. Ular uçun qöşimça 20 dollar tölaşga töğri keladi.












