Islandiya köp yillar davomida birinçi marta Şveytsariyani ortda qoldirib, yana dunyodagi eng qimmat davlatga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, Islandiyadagi narxlar darajasi hozir Şveytsariyadagiga qaraganda uç foiz punktga yuqori ekan. Gap şundaki, pandemiyadan keyingi turizmning yuksalişi (ösişning asosiy omili) ham iqtisodiy ösişga, ham narxlarning oşişiga turtki böldi.

Ta’kidlanişiça, aynan turizm xizmatlar sohasidagi inflatsiyaga katta hissa qöşmoqda. Turizm tomonidan talabning bosimi iş haqining oşişiga olib keldi. Bundan taşqari, turizmdan uy-joy bozori ham zarar kördi.

2024 yilda Şveytsariyadagi xarid qobiliyatiga moslaştirilgan narxlar darajasi Islandiyanikidan yetti foiz ortiqroq edi.

Islandiyada ösib borayotgan narxlar tez orada sayyohlarni çöçita boşlaşi taxmin qilinmoqda. Ta’kidlanişiça, Islandiya iqtisodiyotning işlab çiqariş tarmoqlarini rivojlantirmayapti, bu esa uning zaifligini oşiradi.