Eron va Iroq çegarasida sodir bölgan 7,6 balli zilzila oqibatida halok bölganlar soni 200 nafardan ortdi. Press TV xabariga köra, ayni vaqtga kelib, zilzila qurbonlari soni 207 nafar, 1700 nafardan ortiq kişi tabiiy ofat oqibatida jarohatlangan.
12 noyabr kuni keçki soat 09:18 da Eron va Iroq çegarasi hududida sodir bölgan 7,6 balli zilzila Yaqin Şarqning deyarli barça hududlarida sezildi.
Zilzila markazi Iroq poytaxti Bağdoddan 204 km şimoli-şarqda, Eronning Kirmonşoh şahridan 104 km ğarbda joylaşgan. Zilzila öçoği 10 km çuqurlikda joylaşgan.
Yer silkinişi, Eronning Kurdiston, Ilom, Xuziston, Hamadon, Ğarbiy Ozarboyjon, Şarqiy Ozarboyjon, Luriston, Qazvin, Zanjon va Qum viloyatlarida ham röy bergan. Bundan taşqari, Turkiya, Kuvayt, Armaniston, Iordaniya, Livan, Saudiya Arabistoni, Qatar va Bahrayn kabi mamlakatlarning ayrim hududlarida ham sezilgan.












