Internetda Iroq şarqidagi Sulaymoniya şahrida zilzila vaqtida olingan video paydo böldi.
12 noyabr kuni keçki soat 09:18 da Eron va Iroq çegarasi hududida sodir bölgan 7,6 balli zilzila Yaqin Şarqning deyarli barça hududlarida sezildi.
Zilzila markazi Iroq poytaxti Bağdoddan 204 km şimoli-şarqda, Eronning Kirmonşoh şahridan 104 km ğarbda joylaşgan. Zilzila öçoği 10 km çuqurlikda joylaşgan.
Oxirgi xabarlarga köra, zilzila oqibatida Iroqda yuzlab kişilar jarohatlangan, 4 kişi halok bölgan.
Eronda esa talofat miqdori tinmay oşib bormoqda. Oxirgi xabarlarga köra, qurbonlar soni 200 nafardan oşdi, 2000 nafarga yaqin kişi jarohatlandi, ön minglab kişi boşpanasiz qoldi.











