Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 9 oy ichida asosiy kapitalga qancha xorijiy investitsiya kiritildi?
Foto: 123RF
2017 yil yanvar–sentabrida asosiy kapitalga kiritilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning umumiy hajmi 9 603,8 mlrd. so‘mni yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan 110,1 foizni tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi.
Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha to‘g‘ridan–to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarning, jami xorijiy investitsiya va kreditlardagi nodavlat sektoriga kiritilgan ulushi 81,9 foizni tashkil qildi.
Xorijiy investitsiya va kreditlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha salmoqli qismining o‘zlashtirilishi xom neft va tabiiy gaz qazib olishga to‘g‘ri kelib, jami investitsiya hajmida – 61,8 foizni tashkil qildi va 2016 yilning yanvar–sentabriga nisbatan 22,3 foizga o‘sgan, mos ravishda to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim ishlab chiqarishda – 5,6 foizni (2,0 foizga) tashkil qildi.
Shu bilan birga quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xorijiy investitsiya va kreditlarning o‘zlashtirilishi kamayganligi kuzatildi: tashish va saqlashda – 7,9 foizga, (2016 yilning mos davriga nisbatan 5,3 foizga), axborot va aloqada – 8,5 foizga (0,9 foizga), elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlashda – 10,9 foizga (9,7 foizga) va nometall mineral mahsulotlarida – 1,4 foizga (1,0 foizga).
Mavzuga oid
13:21 / 25.02.2026
Statistika: yashash va ovqatlanish xizmatlari bozorida ikki xonali o‘sish
12:39 / 25.02.2026
Hududlar kesimida oziq-ovqat ishlab chiqarish: eng katta ulush Toshkent shahrida
07:36 / 25.02.2026
Qaysi davlatlarda aholi poytaxtda jamlangan? (Xarita)
18:42 / 24.02.2026