Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi qancha?
Foto: KUN.UZ
2017 yil yanvar–sentabrida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 39 536,1 mlrd. so‘mni (AQSh dollari ekvivalentidagi hajmi – 9,6 milliard AQSh dollarini) yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 101,0 foizni tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi YaIMga nisbati 23,2 foizni tashkil qilib, 2016 yil yanvar–sentabriga nisbatan 1,4 foizga kamaydi.
Davlat byudjyetidan ajratilgan investitsiyalar ijtimoiy sohani va hayotiy ta'minot tizimini qo‘llab-quvvatlashga, O‘zbekiston Respublikasi infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilgan manzilli investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tog‘–kon sanoatida – 8 054,7 mlrd. so‘m (jami investitsiyalar hajmida 20,4 foiz), shundan xom neft va tabiiy gaz qazib olish – 7 282,8 mlrd. so‘m (18,4 foiz), ishlab chiqarish sanoatida – 5 900,7 mlrd. so‘m, (14,9 foiz) shundan oziq–ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlari– 809,5 mlrd. so‘m (2,0 foiz), to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim – 1 156,4 mlrd. so‘m (2,9 foiz), kimyo mahsulotlari – 625,7 mlrd. so‘m (1,6 foiz), nometall mineral mahsulotlar – 791,1 mlrd. so‘m (2,0 foiz), metallurgiya – 760,4 mlrd. so‘m (1,9 foiz), elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash – 2 221,1 mlrd. so‘m (5,6 foiz), qurilish – 1 695,4 mlrd. so‘m (4,3 foiz), tashish va saqlash– 3 412,3 mlrd. so‘m (8,6 foiz), ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va mototsikllarni ta'mirlash – 1 901,4 mlrd. so‘m (4,8 foiz), axborot va aloqa – 1 063,2 mlrd. so‘m (2,7 foiz), professional, ilmiy va texnik faoliyat – 565,6 mlrd. so‘m (1,4 foiz), ta'lim – 855,4 mlrd. so‘m (2,2 foiz), boshqa iqtisodiy faoliyat turlaridan tashqari: turar joy binolari qurilishiga – 8 436,6 mlrd. so‘mlik (21,3 foiz) investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Mavzuga oid
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026