2016 yil va 2017 yilning birinçi yarim yilida Özbekiston fuqarolarini noqonuniy mehnat va jinsiy ekspluatatsiyaga jalb qiliş maqsadida çet ellarga çiqariş bilan şuğullangan 216 kişining faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Özbekiston milliy matbuot markazida taşkil etilgan brifingda MXX matbuot markazi katta xodimi Lola Yölçiboyeva ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, keyinçalik, uşlanganlarga nisbatan ÖzR JKning 135-moddasi (odam savdosi) böyiça jinoiy işlar qözğatilgan.
Yölçiboyevaning aytişiça, şu yönalişdagi jinoiy işlar tahlili şuni körsatmoqdaki, odam savdosiga ixtisoslaşgan mahalliy uyuşgan jinoiy guruhlar Qozoğiston, Rossiya, Turkiya, BAA, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi (OTOM) va YeI mamlakatlaridagi şu kabi jinoiy guruhlar bilan birlaşib, xalqaro jinoiy tarmoqqa aylanmoqda.
Özbekiston fuqarolarini BAA, Turkiya, AQŞ, OTOM va YeIga yetkazişda Qozoğiston, Qirğiziston, RF, Ozarboyjon va Ukraina orqali ötuvçi trafikdan foydalanilmoqda.
Ta'kidlanişiça, MDH mamlakatlariga olib çiqişda qalbaki viza va çiqiş qaydlariga ega bölgan milliy pasportlardan, boşqa davlatlarning soxta pasportlari qöllanilmoqda.











