Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1981-yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi N.E.ning turgan joyi aniqlangan.

Maʼlum qilinişiça, u Jinoyat kodeksining 135-moddasi - odam savdosining 3-qismi bilan ayblanib, qidiruvga berilgan edi.

N.E. yoş qizlarni yuqori daromadli işga joylaştiriş vaʼdasi bilan aldab, Turkiyaga olib borganlikda gumon qilinmoqda. Xabarda qayd etilişiça, u qizlarning pasportlarini olib qöyib, ularni ekspluatatsiya qilgan bölişi mumkin.

Istanbulda uşlangan ayol belgilangan tartibda Özbekistonning vakolatli organlariga topşirilgan. Hozirda unga nisbatan tergov va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.

Xabarda fuqarolar xorijda yuqori maoşli iş vaʼda qilayotgan şaxslarning aldovlaridan ogoh bölişga çaqirilgan.