Microsoft kompaniyasi asosçisi Bill Geyts Altsgeymer kasalligi va boş miya faoliyati buzilişining qolgan şakllari bilan kuraşişga umumiy hisobda 100 mln dollar xayriya qiladi. Bu haqda milliarder Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.  

Geyts şu maqsadda Londonda joylaşgan Dementia Discovery Fund jamğarmasiga 50 mln dollar ajratadi. Bu jamğarma doirasida Britaniya hukumati va Altsgeymer kasalligini davolaşning yangi  usullarini qidiriş bilan şuğullanuvçi 7 ta xalqaro farmatsevtik kompaniya hamkorlik qilmoqda. Yana şunça miqdordagi mablağ bu kasallikni tadqiq qiluvçi startaplarga ajratiladi. “Umid qilamanki, 10 yildan keyin bu kasallikka qarşi ba'zi dorilar paydo bölişi mumkin, biroq bu yuz bermasligi ham mumkin”, deb aytgan Geyts va uşbu kasallikni “katta kölamli va avj olayotgan” muammo deb atagan.  

“Men uşbu kasallik siz yaxşi körgan insonlarni aqliy qobiliyatlardan mahrum qilayotgan vaqtda ular ortidan kuzatiş qançalik oğriqli ekanligini bilaman. Bu göyoki siz bilgan odamning sekin-asta ölib brayotganini özingiz his qilayotgandek böladi”, deb ta'kidlab ötdi milliarder va uning oilasidagi ba'zi erkaklar bu kasallikdan öz vaqtida aziyat çekişganini qöşimça qilgan.  

Altsgeymer kasalligi boş miya hujayralarining nobud bölişi sababli oğir ruhiy buzilişlarga olib keladi. Bu kasallik köpinça 65 yoşdan katta bölganlarda uçraydi. Uşbu kasallik taşxisi qöyilgan odam yoşiga boğliq holda örtaça yana 7-10 yil umr körişi mumkin.