Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov hukumat Suriya va Iroqdagi qaynoq nuqtalarda qolayotgan ayollar va bolalarni uylariga qaytariş böyiça katta işni amalga oşirayotganini va bu iş katta xavf bilan boğliqligini aytib ötdi. U birorta ham rossiyalikni bu muşkul vaziyatda qoldirmaslikka va'da berdi.

13 noyabrda Grozniyga Suriyada ozod qilingan 41 ayol va bolalar yetkazildi. Ular orasida Özbekistonning 2 nafar fuqarosi  ham bölgan.

“Avvalroq biz Suriya va Iroqdan 48 kişini olib çiqişga muvaffaq bölgandik. Bu raqamlar ortida hayot uçun xavfli bölgan ulkan iş bor. Biz umumiy holda 89 kişini qaytardik. Bu iş nafaqat yurtdoşlarimiz, balki MDH davlatlari fuqarolarini ham qamrab olgan. Federal markaz bilan hamkorlikda ayollar va bolalarning joylaşgan örni, ularning şaxsini aniqlaş böyiça kompleks tadbirlar amalga oşirilmoqda”, deb yozgan Qodirov Instagram’da.

Qodirov, şuningdek, özining Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika davlatlaridagi vakili Ziyod Sabsabiyga, Suriyadagi rossiyalik harbiylarga minnatdorlik bildirdi. Qodirovning aytişiça, ular juda murakkab taşkiliy muammolarni hal qilişda maksimal kömak körsatmoqdalar.

“Biz uşbu vazifa töliq bajarilmagunga qadar işni töxtatmaymiz. Rossiyaning birorta fuqarosini kulfatda qoldirmaymiz!”, deb qöşimça qilgan Çeçeniston rahbari.