Amerikaning Mattel kompaniyasi özining ilk hijob kiygan Barbie qöğirçoğini namoyiş qildi. Qöğirçoq amerikalik qiliçboz Ibtihoj Muhammaddan andoza olgan.
"Biz Ibtihoj Muhammadni Barbie qöğirçoqlari safida körişdan xursandmiz! Ibtihoj butun dunyo böylab xotin-qizlarni tösiqlarni yengib ötişga ilhomlantiradi", - deyiladi kompaniyaning Twitter sahifasida.

2014 yilning qiliçbozlik böyiça jahon çempioni Ibtihoj Muhammad Olimpiya öyinlarida hijobda namoyon bölgan birinçi amerikalik sportçi.
Unga asoslanib yaratilgan qöğirçoq qölida qiliç uşlab turibdi, uning kiyimi esa Muhammadning qiliçbozlik musobaqalaridagi kostyumini takrorlaydi. Qöğirçoq 2018 yilda sotuvga çiqadi.


"Qizlarning hijob kiygan Barbie'ni öynaş imkoniga ega bölganlaridan juda faxrlanaman! Bolalikdagi orzuim amalga oşdi", - deydi Ibtihoj Twitter'da.








