Rossiya neftini Qozoğiston orqali Özbekistonga yetkazib beriş böyiça "KazTransOyl" tariflari va xizmatlari qiymati belgilandi. Bu haqda taşkilotdan xabar berişgan.

Kompaniyadan aniqlik kiritişlariça, norezidentlar uçun Rossiyaning Qozoğiston bilan çegarasidan “Şagir” neft quyiş punktiga qadar 1 ming km.ga bir tonna uçun 11,7 dollarlik tarif belgilandi. “Şagir” punktida neftni sisternalarga quyiş bir tonna uçun 0,8 dollarga tuşadi. Norezidentlar uçun belgilangan qiymat bir tonna uçun 22,9 dollarni taşkil etadi. Narx öz içiga neftni bir tonna uçun 22,1 dollarlik tarifni hisobga olgan holda ötkaziş va neftni “Şagir”da temir yöl sisternalariga quyişni (u bir tonna uçun 0,8 dollarga tuşadi) qamrab oladi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 16 sentabr kuni Qozoğiston va Özbekiston hukumatlari Rossiya neftini Qozoğiston hududi orqali Özbekistonga yetkazib beriş ğoyasini qöllab-quvvatlaşdi. Jumladan, “Şagir” neft quyiş punktiga "KazTransOyl" magistral quvurlari orqali. Öşanda yil oxiriga qadar Omsk-Pavlodar-Çimkent neft quvuri böylab taxminan 30 ming tonnani ötkaziş, söng Özbekistonga temir yöl estakadasi orqali olib ötiş rejalaştirilgani xabar qilingandi. 

Özbekiston Qozoğiston bilan çegaraga qadar neft quvuri qurişni rejalaştirmoqda. Bu Jizzax viloyatida qurilayotgan neftni qayta işlaş zavodini xomaşyo bilan ta'minlaş uçun kerak. Neft quvuri uzunligi 95 kilometrni taşkil qiladi. Taxminlarga köra, u Rossiya va Qozoğistondan import neftini yetkazib beriş uçun Omsk-Pavlodar-Çimkent neft quvuri bilan boğlanadi.