Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevning prezident Vladimir Putin bilan Novo-Iyerusalim çerkoviga taşrifi vaqtida Rossiya OAVlardan birining jurnalisti Medvedevdan prezidentlik saylovlarida iştirok etiş-etmasligi haqida söragan.     

“Siz bu yil saylovlarda iştirok etmoqçimiz?”, deb söragan muxbir Medvedevdan. 

“Yöq, çunki bu yil saylovlar yöq”, deb hazil javob qilgan Medvedev.

Gap şundaki, navbatdagi prezidentlik saylovlari 2018 yilda ötkaziladi. Muxbir 2018 yilni nazarda tutgan holda tezda savolini töğrilab qayta berganda Medvedev javob berişni lozim deb topmagan.

11 noyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham prezidentlik saylovlaridagi iştiroki haqidagi savolni oçiq qoldirgandi.  
  
“Savolni hozirça javobsiz qoldiraman. Vaqti kelganda, biz bu mavzuga töxtalamiz”, deb aytgan Putin.

Rossiyada prezident lavozimiga saylovoldi kampaniyasiga 7 dekabrdan 17 dekabrgaça oraliqda start beriş rejalaştirilgan. Saylovlar esa 2018 yil 18 martida ötkazilişi belgilangan. 

Ayni vaqtda saylovlarda iştirok etiş istagini LDPR partiyasi yetakçisi Vladimir Jirinovskiy, jurnalistlar Kseniya Sobçak va Yekaterina Gordon, “Avanti” biznes-vatanparvarlikni rivojlantiriş tadbirkorlar uyuşmasi rahbari Raxman Yansukov, “Ayollar muloqoti” partiyasi rahbari Yelena Semerikova, “Yabloko” partiyasi yetakçisi Grigoriy Yavlinskiy va Rossiya kommunistik partiyasi yetakçisi Gennadiy Zyuganovlar bildirganlar.