Bugun Yevropa davlatlari osmonida «kutilmaganda adaşib qolayotgan» dronlar haqida gaplaşamiz. Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev bu haqda qiziq gaplardi aytib qoldi. Uruş davrida tuppa-tuzuk blogerga aylangan tovariş Medvedevning bu postini e’tiborsiz qoldirib bölmaydi.

Beş versiya

Avvalo Dmitriy Anatoliyeviç uruş boşlanganidan köp ötmay Telegram'da kanal oçgani, hozir 1,8 milliondan ortiq öquvçisi borligini aytiş kerak. Uning öquvçilari haqiqiy, kanal «aylantirilmagan», undagi postlar 3-4 million martalab öqiladi. Bir söz bilan aytganda, Telegram'da reklama sotadigan tadbirkorlarning közini quvnatadigan kanal. Biroq Medvedev kanalida reklama bermaydi, asosan ukrain millatini kamsitib, ularni har xil jirkanç sözlar bilan atab post joylaydi.

Medvedev ana şu kanalida Yevropa osmonlarida köriniş berayotgan dronlar haqida «çuqur tahliliy post» e’lon qildi. Hatto beşta versiya ham sanab çiqdi:

1-versiya. Banderaçilar qurol yetkazib berişni yaxşilab, uruşni kattalaştiriş uçun qilgan provakatsiya;

2-versiya. Uşbu davlatlardagi Rossiyani qöllovçi kuçlar Yevropa Ittifoqida hayotni izdan çiqariş uçun qilgan;

3-versiya. Mahalliy maxsus xizmatlar havo mudofaa tizimini tekşiriş uçun qilgan;

4-versiya. Mahalliy bezorilar qilgan;

5-versiya. Dronlar Rossiyadan töğri uçirilgan.

Demak, Rossiya sobiq prezidenti dronlar Rossiyadan turib Yevropa davlatlariga uçirilgan bölişi mumkinligini istisno qilmayapti. Vaholanki, Rossiya tomoni bu dronlarning mamlakatga umuman aloqasi yöqligi haqida gapirib yotibdi. Ya’ni, Medvedev Moskvaga mos bölmagan bayonot bilan çiqdi.

Medvedevga köra, yuqoridagi barça versiyalar dronlar Yevropagaça borişi uçun sabab bölişi mumkin ekan. Lekin, ana şu yeriga jiddiy e’tibor bering, gap dronlar kim tomonidan uçirilganida emaskan.

Buyoğiga tovariş Medvedevning gapini aynan keltiraman, çunki bu eng asosiy qismi: «Eng asosiysi, yaqindagi yevropaliklar öz terisida uruş xavfini his qilsin. Xuddi söyişga olib ketilayotgan podadagi hayvon kabi qaltirasin. Özi va yaqinlarining azobli yakuni haqida öylab qörquvdan titrasin. Balki şunda ular uruş nima ekanini tuşunib yetib, qon evaziga siyosiy oçko va pul işlayotgan Makron va Mers kabi tasqaralarning boşlarini uzib taşlaşar». Iqtibos tugadi. Bu gaplarni rusçada öqisangiz, undagi nafrat ohangini yanada aniqroq his qilasiz.