Telegram messenjeri jamoasi Android- va iOS-qurilmalar uçun yangilangan ilovasini taqdim etdi. 4,5 versiyada ommaviy jönatişda video va suratlar alohida albomlarga ajratiladi (har birida 10tadan), xabarlarni qabul qiluvçi esa ular haqida bir neça emas, bir martagina xabardor qilinadi.
Endi jönatilayotgan surat va roliklar miniatyuralardan iborat çiroyli törga aylantiriladi, ularni jönatayotgan odam qaysi ketma-ketlikda körsatilişini ham belgilaş imkoniga ega. Profil suratlari ham şu tarzda taşkillaştiriladi.

Bundan keyin muhim xabarlarni tanlanganlar safi - foydalanuvçining personal "buluti"ga qöşiş imkoni mavjud, bu yerda multimedia kontenti ham saqlanişi mumkin. "Tanlanganlar"ga "Çatlar" orqali ötiş mumkin.
Bundan taşqari, messenjer işlab çiquvçilari qidiruv algoritmlarini ham yaxşilaşdi, bu sizni qiziqtirgan ommaviy kanallar, guruhlar va çat-botlarni tezroq topiş imkonini beradi. Eng maşhur kanal va botlar doim oldingi qatorlarda körsatiladi.

Kanallar ma'murlariga muhim yozuvlarni röyxat boşiga mahkamlaş imkoni berildi.
Telegram'ning yangi versiyasi iPhone X egalarini xursand qiladi: messenjer interfeysi sozlamalar ekrani va çatlardagi kontekst menyu Apple'ning yangi smartfoniga moslaştirilgan.











