Buyuk Britaniya va AQŞ Argentina harbiy-dengiz flotiga 3 kundan buyon bedarak ketgan «San-Xuan» suv osti kemasini qidirişda yordam bermoqda. Bu haqda Argentina TIV ma'lumot berdi.

Suv osti kemasi bortida ekipajning 44 nafar a'zosi bor edi.

«Çili, AQŞ va Buyuk Britaniya logistik yordam taklif qildi. Bu davlatlar biz bilan gumanitar qidiruv böyiça ma'lumotlar almaşib boradi», deyilgan TIV bayonotida.

Suv osti kemasi 15 noyabrda Uşuayidan Mar-del-Platu tomon suzayotganda ğoyib bölgan. Ayni vaqtda HDK samolyotlari va kemalari suv osti kemasi oxirgi marta qayd qilingan hududda qidiruv işlari olib bormoqda.

Clarín naşri ma'lumotlariga köra, kemada yonğin yoki biror texnik nosozlik sodir bölgan bölişi mumkin. 

«San-Xuan» Germaniyada qurilgan. Argentina HDK tarkibiga 1985 yilda kiritilgan. Kema uzunligi 66 metrni taşkil qiladi va soatiga 46 km tezlik bilan harakatlana oladi. Bu turdagi kema suv sirtiga çiqmagan holda suv ostida ikki kungaça qola olişi mumkin.