Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Özbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat matni ÖzA saytida keltirilgan.

Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bölgan milliy maqom san'ati özining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy hayotimizda muhim örin egallaydi. 

Asrlar davomida uluğ şoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning maşaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan uşbu noyob san'at nafaqat yurtimiz va şarq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta şuhrat va e'tibor qozongan. Maqom san'atining gultoji bölgan “Şaşmaqom” YuNeSKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e'tirof etilgani hamda uning Reprezentativ röyxatiga kiritilgani buning yaqqol tasdiğidir. 

Ötgan davr mobaynida mamlakatimizda maqom san'atini örganiş va rivojlantiriş borasida muayyan işlar amalga oşirildi. Ayniqsa, özbek “Şaşmaqom”i nota matnlarining naşr etilişi va ularga muvofiq ravişda maqom kuy-qöşiqlarining magnit lentalarga yozib olinişi ulkan ilmiy-madaniy ahamiyatga ega voqea böldi. 

Hozirgi kunda yurtimizda Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli, hududlarda maqom jamoalari, Özbekiston davlat konservatoriyasida şu yönalişda maxsus kafedra faoliyat körsatayotgani, sohaga oid ilmiy izlanişlar olib borilayotganini qayd etiş lozim. 

Ayni vaqtda milliy özligimizni anglaş, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantiriş, xalqimiz, avvalo, yoş avlodimizni yuksak insoniy tuyğular ruhida tarbiyalaş, uning estetik didi va tafakkurini şakllantirişda maqom san'atining keng imkoniyatlaridan yetarliça foydalanilmayapti. 

Mazkur yönalişda çuqur ilmiy-nazariy tadqiqotlar, öquv-uslubiy adabiyotlar yaratiş, maqom san'atini radio-televideniye, ommaviy axborot vositalari, Internet tarmoği orqali mamlakatimizda va çet ellarda tarğib etiş, maqom ustozlari, soha olimlari va mutaxassislari, iqtidorli va istiqbolli yoş ijroçilar faoliyatini moddiy va ma'naviy jihatdan qöllab-quvvatlaş işlari e'tibordan çetda qolib kelmoqda. 

Yuqorida zikr etilgan kamçilik va muammolarni bartaraf etiş, özbek maqom san'atini çuqur örganib, öziga xos ijro maktablari va an'analarni yangi bosqiçda ravnaq toptiriş, uning “oltin fondi”ni yaratiş va boyitiş, xalqaro nufuzini oşiriş va keng tarğib qiliş maqsadida: 

1. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasining davlat muassasasi şaklida Özbek milliy maqom san'ati markazi (keyingi örinlarda – Maqom markazi) faoliyatini taşkil etiş haqidagi taklifi ma'qullansin. 

2. Quyidagilar: 

Özbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirişga doir çora-tadbirlar dasturini amalga oşiriş böyiça Respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga; 

Özbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirişga doir çora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga; 

Özbek milliy maqom san'ati markazining tarkibiy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

3. Özbek milliy maqom san'ati markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: 

Özbekistonda maqom san'atini yanada rivojlantiriş, bu borada şakllangan ijro va ijodiy maktablar va an'analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini çuqur ilmiy asosda örganiş va qayta tiklaş; 

özbek maqom san'ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining “oltin fondi”ni yaratiş; 

xalqimiz, xususan, yoş avlodni maqom san'ati bilan keng taniştiriş orqali ularda milliy özlikni anglaş tuyğusi yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptiriş; 

maqom san'ati böyiça ilmiy tadqiqotlar olib boriş va tarğib qiliş böyiça xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş; 

mumtoz musiqa merosimiz namunalarini notaga oliş, mavjud yozuvlarni takomillaştiriş va amaliyotga joriy etiş, maqom san'atining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbaşariy qadriyatlar bilan boğliq jihatlarini yurtimiz olimlari va çet ellik mutaxassislar iştirokida çuqur örganib, yangi ilmiy tadqiqotlar yaratiş; 

maqom san'atining köp asrlik ijro yöllarini puxta özlaştirib, ularni yangiça usullar bilan boyitib, yoş avlod vakillariga örgatib kelayotgan maqomçilar, maqomşunos ilmiy-pedagog olimlar va mutaxassislar, Maqom markazi xodimlari faoliyatini moddiy va ma'naviy jihatdan qöllab-quvvatlaş; 

yurtimizda maqom san'ati böyiça xorijiy yetuk ijroçilarning özaro tajriba almaşuvi, mahorat darslari hamda turli xalqaro maqom anjumanlari va tanlovlarini taşkil etiş; 

respublika hududlarida taniqli maqom ijroçilarining konsertlarini va mahorat darslarini taşkillaştiriş; 

maqom san'atini radio-televideniye, ommaviy axborot vositalari va Internet orqali Özbekiston va çet ellarda keng tarğib etiş. 

4. Madaniyat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligiga: 

Özbekiston davlat konservatoriyasining Musiqiy şarqşunoslik kafedrasi negizida “Özbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasini taşkil etiş, viloyatlardagi pedagogik oliy ta'lim muassasalarining musiqiy ta'lim yönalişida maqom san'atini maxsus fan sifatida öqitişni joriy etiş; 

mazkur ta'lim muassasalariga malakali mutaxassislar, professor-öqituvçilarni jalb etiş, ular uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş, tegişli darslik, öquv qöllanma va ilmiy-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlaş; 

respublikadagi mavjud bolalar musiqa va san'at maktablari hamda madaniyat va san'at kollejlari va akademik litseylarda maqom san'atini öqitiş böyiça bölimlar faoliyatini yanada kuçaytiriş; 

maqom san'atining ijodiy, ilmiy-uslubiy va ijro an'analarini puxta özlaştiriş va munosib davom ettiriş maqsadida, ta'lim muassasalariga mohir maqomçi san'atkorlarni biriktiriş va şu asosda “ustoz-şogird” maktablarini taşkil etiş vazifasi topşirilsin. 

5. 2018 yildan boşlab Şahrisabz şahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumanini ötkaziş belgilansin. 

Respublika komissiyasiga: 

Madaniyat vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, YuNeSKO işlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Davlat arxitektura va quriliş qömitasi, Qaşqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda, bir oy muddatda Şahrisabz şahrining Oqsaroy maydonida mazkur anjumanni ötkaziş uçun zarur madaniy infratuzilma inşootlarini barpo etiş böyiça takliflar kiritiş; 

Xalqaro maqom san'ati anjumanining ilmiy-ijodiy konsepsiyasi va Nizomini işlab çiqiş; 

Oqsaroy maydonining tarixiy qismida maqom san'atiga bağişlangan muzey va milliy sozlar laboratoriyasini taşkil etiş; 

Şahrisabz şahar madaniyat saroyini kapital ta'mirlaş, hozirgi vaqtda Oqsaroy maydonidagi mavjud Maqom markazi hamda bolalar musiqa va san'at maktabi faoliyatlarini takomillaştiriş; 

Xalqaro maqom san'ati anjumanini yuksak saviyada ötkaziş uçun horijiy davlatlardan taniqli musiqaşunos olimlar, san'atkorlar, ijodiy jamoalar va mutaxassislarni taklif etiş; 

2018 yildan boşlab sohada faol ijod qilayotgan san'atkorlarni qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş maqsadida “Eng yaxşi maqom xonandasi”, “Eng yaxşi maqom sozandasi”, “Eng yaxşi maqom ustozi”, “Eng yaxşi maqom tarğibotçisi”, “Eng yaxşi yoş maqomçi” kabi nominatsiyalar böyiça mukofotlar ta'sis etiş; 

Özbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirişga doir çora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş vazifalari yuklatilsin. 

6. Maqom markazi Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Toşkent radioeşittiriş uyi” binosiga ijara tölovisiz vaqtinça joylaştirilsin. (Toşkent şahar, Yaşnobod tumani, Maxtumquli köçasi 49-uy) 

Madaniyat vazirligi, “Davarxitektquriliş” qömitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Toşkent şahar hokimligi 1 oy muddatda Maqom markazi uçun zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha asosida yangi bino quriş böyiça taklif kiritsin. 

Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi öz tizimi uçun byudjyetdan ajratilgan yillik mablağlari doirasida doimiy ravişda “Toşkent radioeşittiriş uyi”da ovoz yoziş studiyalari va texnik vositalardan Maqom markazi uçun bepul foydalaniş va Maqom ansambli tomonidan ijro etiladigan musiqiy asarlarni yozib oliş, efirga beriş va tarğibot qilişni ta'minlasin. 

7. Maqom yönalişida ijod qilib kelayotgan ijodiy jamoalar, ansambllar 2023 yilgaça barça soliq tölovlaridan ozod etilsin. 

8. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 

Maqom markaziga 1 ta yengil avtomobil va 1 ta avtobus xarid qiliş uçun mablağlar ajratsin. 

“Toşkent radioeşittiriş uyi”da Maqom markaziga ajratilgan xonalarni joriy ta'mirlaş uçun mablağ ajratsin. 

Maqom san'atini tadqiq qiliş bilan boğliq ilmiy izlanişlar, öquv qöllanmalar, tarjimalar, ilmiy va uslubiy adabiyotlarni naşr qiliş xarajatlari Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablağlar doirasida moliyalaştirilişini ta'minlasin. 

9. Madaniyat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari uç oy muddatda viloyatlarda yangi namunali maqom ansambllarini taşkil etsin. 

10. Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga maqom san'atini rivojlantiriş va tarğib qiliş böyiça xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan barça hamkorlik işlarini örnatilgan tartibda taşkil etişda amaliy yordam körsatsin. 

11. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi maqom san'atini rivojlantiriş böyiça bajarilgan işlarni muntazam ravişda yoritib boriş maqsadida alohida dastur işlab çiqsin va amalga oşirsin. 

12. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda, bir oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi X.Sultonov zimmasiga yuklansin.