“Muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarga ijtimoiy xizmatlar körsatiş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, içki işlar organlarining Muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarni reabilitatsiya qiliş markazlari Vaqtinçalik boşpana va ijtimoiy tiklaniş markazlari deb qayta nomlanadi.

Boşpanasiz şaxslarni Ijtimoiy markazlarga sud qarori asosida joylaştiriş amaliyoti bekor qilinadi.

2026-yil 1 sentyabrdan boşlab:

Ijtimoiy markazlarga boşpanasiz şaxslar ularning roziligi bilan joylaştiriladi;

Ijtimoiy markazlarga joylaştirilgan şaxslar vaqtinçalik boşpana hamda uşbu markazlarga ajratilgan mablağlar hisobidan oziq-ovqat va şaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi;

Ijtimoiy markazlarga joylaştirilgan şaxslar individual rejalarga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordamlar bilan qamrab olinadi.

2026-yil 1 oktyabrdan Ijtimoiy markazlarga joylaştirilgan boşpanasiz şaxslar qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda işsiz deb e’tirof etiladi hamda ularni kasbga öqitiş böyiça tuman (şahar) kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimlari orqali vauçerlar ajratiladi.

Boşpanasiz şaxslar Ijtimoiy markazlarda bölgan davrida uşbu muassasaga vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga olinadi.