Qonunçilik hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi (QHTBT) portalida Vazirlar Mahkamasining Daryo özanlarini tozalaş, ularning qirğoqlarini mustahkamlaş hamda toşqin suvlari va sel oqimlarining Özbekiston Respublikasining oçiq suv oqimlari böylab xatarsiz ötişini ta'minlaş uçun himoya işlarini olib boriş böyiça işlarni yanada takomillaştirişga oid çora-tadbirlar töğrisidagi qarori loyihasi joylaştirildi.
Loyiha suv oqimlari özanlarini tozalaş va ularning qirğoqlarini mustahkamlaş böyiça işlarni taşkil etiş hamda ötkaziş tartibini tartibga soluvçi nizomni öz içiga olgan. U Prezidentning 2017 yil 25 sentabrdagi PQ-3286 son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.
Işlarni bajariş tartibi
Toşqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz ötkazib yuborişni ta'minlaş, qor köçiş va yer köçkisi hodisalari xavfini kamaytiriş böyiça hukumat komissiyasi işlarda taşabbus körsatadi.
Işlar kelasi yilning 1 apreligaça tasdiqlanadigan hamda quyidagi organlar va taşkilotlar vakillaridan iborat hududiy işçi guruh tomonidan işlab çiqiladigan yillik manzilli dasturlar asosida ötkaziladi:
• FVVning hududiy boşqarmalari;
• Qişloq va suv xöjaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boşqarmalari;
• Özgidromet, Davsuvxöjaliknazorat, Davergeodezkadastr, Davlat ekologiya qömitasi, «Davarxitektquriliş» qömitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qömitasining hududiy bölinmalari;
• mahalliy davlat hokimiyati organlari;
• loyiha va ilmiy-tadqiqot taşkilotlari.
FVV hududiy dasturlar asosida kelgusi yil uçun suv oqimlarida himoya inşootlarini quriş va rekonstruksiya qiliş va boşqa himoya işlari böyiça loyihalarni öz içiga olgan yiğma manzilli dasturni şakllantiradi.
Loyihalarni amalga oşiriş va moliyalaştiriş
Daryolar özanlarini tozalaş va ularning qirğoqlarini mustahkamlaş bilan boğliq loyihalar FVVning ixtisoslaştirilgan muhandislik-texnik otryadlari tomonidan tender savdolarini ötkazmasdan yoki boşqa taşkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
Loyihalarni röyobga çiqariş quyidagilar hisobidan moliyalaştiriladi:
• Qişloq va suv xöjaligi vazirligining xarajatlar smetasida közda tutilgan foydalaniş xarajatlari uçun respublika va mahalliy byudjyetdan ajratilgan mablağlar hamda markazlaştirilgan kapital qöyilmalar limitlari;
• vazirliklar, qömitalar va idoralarning byudjyetdan taşqari jamğarmalari mablağlari;
• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi mablağlari;
• taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Öz balansidagi ijtimoiy obektlarni himoya qiliş maqsadida xöjalik yurituvçi sub'yektlar öz mablağlari hisobidan toşqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz ötkazib yuboriş böyiça tadbirlarni ötkazadi.
Daryo özanlarida foydali qazilmalarni qazib çiqariş yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziyalarga qat'iy muvofiq ravişda amalga oşiriladi.
Loyiha özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.








