Islom aksilterrorçilik koalitsiyasiga kiruvçi davlatlar mudofaa vazirlarining ilk yiğilişi 26 noyabrda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bölib ötadi. Bu haqda Saudiya Arabistoni matbuot agentligi ma'lum qildi.        

Ma'lum qilinişiça, yiğilişda islom koalitsiyasiga kiruvçi 41 ta davlat mudofaa vazirlari hamda Saudiya Arabistonida akkreditatsiyadan ötgan diplomatik missiyalar vakillari iştirok etişlari kutilmoqda. Yiğiliş kun tartibiga qöyilgan asosiy masalalar ittifoq içida hamkorlik va integratsiyani kuçaytiriş, islom davlatlarining sa'y-harakatlarini terrorçilikka qarşi kuraşda birlaştirişdan iborat. Şuningdek, bu sa'y-harakatlarning boşqa xalqaro ittifoqlar bilan muvofiqlaştiriş va birlaştiriş zarurligi aytib ötilgan. 

Saudiya Arabistoni boşçiligidagi islom aksilterrorçilik koalitsiyasi taşkil etilişi 2015 yil dekabrida e'lon qilingan. Bu koalitsiya tarkibiga Fors körfazi davlatlaridan taşqari, Turkiya, Pokiston, Malayziya va Misr kabi yirik davlatlar kiradi. Joriy yil may oyida ötgan AQŞ va musulmon davlatlari sammitida koalitsiyaga kiruvçi davlatlar zarurat bölganda Suriya va Iroqdagi terrorçilik guruhlariga qarşi kuraş uçun 34 ming harbiyni taqdim qilişga tayyorliklarini bildirganlar.