Saudiya Arabistonining Ar-Riyoddagi qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportiga nomaʼlum snaryad kelib tuşdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya rasmiy vakili Turki ao-Malikiy maʼlum qildi.
Uning yozişiça, 4-yölovçi terminaliga snaryad kelib tuşişi oqibatida yonğin kelib çiqqan.
Şuningdek, al-Malikiy havo hujumidan mudofaa kuçlari xalqaro aeroport hududi ustida qanotli raketani urib tuşirganini bildirdi. OAV xabarlariga köra, jarohatlanganlar bor.
10-oktabr kuni husiyçilar tomonidan qirol Xolid nomidagi aeroportga raketa zarbasi berilişi oqibatida 12 kişi halok bölib, 310 kişi jarohat olgandi.
The New York Times naşri qayd etişiça, bu AQŞ va Isroil Eronga qarşi uruş boşlaşidan keyingi davrda mintaqadagi arab davlatiga qilingan eng ajalvor hujum böldi.
8-oktabrda ham uşbu aeroportga dron zarbasi oqibatida uç kişi, jumladan, Saudia aviakompaniyasi uçuvçisi halok bölib, bir neça kişi jarohat olgan, aeroport hududida turgan samolyot yonib ketgandi.












